Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi
Surxondaryoda bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etmoqda.
Sessiyada 2022 yilning dekabr oyidan Surxondaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ulug‘bek Qosimov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil sentabrida Farg‘ona viloyatiga prokuror bo‘lgandi.
Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
07:40
Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:57 / 18.09.2024