Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/p9AdfmQsK2YrOP2nSLi_W_lgHaJtp6ZY.jpg)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuv avvalida davlat rahbari bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan qutladi.
Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Mamlakatlar yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/K2RlwGNTmf3KNKkTjkuVS4HVmZGKJFg6_medium.jpg)
08:21 / 24.07.2024
Germaniya: Orbanning tashriflari dunyoda chalkashliklarga sabab bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/JS4aKecILOyJ4L8QtrkB6MOcTLnhhZaH_medium.jpg)
08:10 / 19.07.2024
Orban Yevropa kengashiga safarlari natijalari haqida hisobot tayyorladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/KRlCaIZ4rrHlVocnKYaQk3nPAOWRdlwG_medium.jpg)
21:23 / 11.07.2024
Orbanning Putin huzuriga tashrifi tufayli Vengriya Yevropa Ittifoqi raisligidan mahrum qilinishi mumkin
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/UKgBZHHlqVTOZMqkqFq2CUpY2-oVuhsL_medium.jpg)
21:39 / 09.07.2024