Kiyev yaqinida yonib ketgan «Mriya» samolyoti Germaniyaga evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan
Dunyodagi eng katta An-225 transport samolyoti Rossiya bosqinidan oldin Germaniyaga olib ketilishi rejalashtirilgan edi. Hammasi parvozga tayyor bo‘lgan, biroq Ukraina rasmiylari bunga ruxsat bermagan, deya xabar qildi Bild.
Germaniyaning Bild gazetasi chorshanba, 16 mart kuni xabar berishicha, dunyodagi eng yirik transport samolyoti, Ukrainadagi urush boshida Hostomel aeroportida Rossiya qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan Ukrainaning An-225 - «Mriya» bosqindan oldin Germaniyaga evakuatsiya qilinishi kerak edi.
Nashrning yozishicha, «Mriya»ni afsonaviy samolyotning ikkinchi uyiga aylangan «Leypsig/Halle» aeroportiga olib borish rejalashtirilgan edi – layner 2008 yildan buyon u yerga 32 marta qo‘ngan. «Urush boshlanishidan oldin kechqurun ekipaj va uchuvchilar to‘liq yonilg‘i bilan to‘ldirilgan yuk samolyotiga chiqishdi, ammo kapitan Dmitriy Antonovning so‘zlariga ko‘ra, ularga top-menejyerlar ko‘rsatmasi bo‘yicha uchishga ruxsat berilmagan», deyiladi maqolada.
Bild nashrining yozishicha, «Leypsig/Halle» aeroporti urush boshlanishidan bir oy oldin «Mriya»ni qutqarish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani tayyorlagan. «Antonov» konsernining barcha samolyotlari uchun to‘xtash joylari 26 yanvardan boshlab ajratilgan. Aeroport matbuot kotibi Uve Shuhart An-225 samolyotlari va kichik An-124 samolyotlarining Germaniyaga ko‘chirilishi 25 fevralga belgilanganini tasdiqladi. «Bu 21 fevralda tasdiqlandi. Bu boradagi muzokaralar bir necha hafta davom etgan», - deya qo‘shimcha qildi u.
«Mriya» samolyoti Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshida - o‘tgan yilning 27 fevralida Rossiyaning Hostomel aeroportiga hujumi paytida yo‘q qilingan. Keyinchalik Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») «Antonov» davlat korxonasining ba’zi xodimlari uzoq vaqt davomida Ukraina armiyasiga aeroportni havoda va yerda himoya qilishni tashkil qilishiga to‘sqinlik qilganini bildirdi, bu esa «Mriya» yo‘q qilinishiga olib kelgan.
Shu yilning mart oyida Ukraina huquq-tartibot idoralari «Antonov»ning sobiq rahbari Sergey Bichkov va uning o‘rinbosari Mixail Xarchenkoni hibsga oldi. Ish bo‘yicha uchinchi ayblanuvchi, aviatsiya xavfsizligi bo‘limining sobiq rahbari Aleksandr Netesov qidiruvga berilgan.
Uchalasi ham Ukraina Qurolli kuchlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda gumonlanmoqda (Ukraina Jinoyat kodeksining 114-1-moddasi 2-qismi). Ularning har biri 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:13 / 23.11.2024
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
11:10 / 22.11.2024
Merkel memuarida RFga nisbatan siyosatini himoya qilib chiqdi
13:43 / 21.11.2024
Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam partiyasini yubordi
21:36 / 20.11.2024