Germaniya kansleri Olaf Şols katoliklar Rojdestvosi arafasida Bundestagda öz hukumatiga işonç masalasi kötarilişini istisno etmadi, garçi u dastlab bu tartibni faqat 2025 yil yanvar oyi örtalarida amalga oşirişni rejalaştirgan edi. Bu haqda 10 noyabr, yakşanba kuni Germaniyaning ARD telekanali boşlovçisi Karen Miozga bilan suhbatda Şolsning özi ma’lum qildi.

«Rojdestvo oldidan işonç masalasini kötariş böyiça menda heç qanday muammo yöq, agar hamma buni xohlasa», — dedi kansler. Şolsning sözlariga köra, rasmiy ravişda u kansler sifatida bu qadamni özi boşlaşi kerak, jarayon allaqaçon 15 yanvar kuniga e’lon qilingan. Biroq, agar Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) parlament fraksiyasi rahbari Rolf Myutsenix va XDI/XSI muxolifat bloki rahbari Fridrix Mers kanslerga işonç masalasini kötariş sanasi böyiça kelişuvga erişsa, Şols «buni hisobga oladi».

«Töğridan töğri e’lon qilamanki, agar parlament, hukumat va muxolifat a’zolari, ayniqsa, demokratik partiyalar kelişuvga erişsa, men şundan kelib çiqaman», dedi Germaniya kansleri.

Şols qöşimça qilişiça, u «öz lavozimiga yopişmaydi», lekin ehtimoliy erta saylovlarga tayyorgarlik körişda barça rasmiyatçiliklarga rioya qiliş kerak. Misol tariqasida kansler 2021 yilgi parlament saylovlari vaqtida şahardagi saylov uçastkalarida taşkiliy tartibsizliklar tufayli 2024 yil fevralida Berlinda bölib ötgan Bundestagga qisman qayta saylovlarni keltirdi.

Şols işonç masalasi kötarilişidan oldin qator qonunlarni ilgari surişga urinadi

Rojdestvoga qolgan haftalarda Germaniya kansleri Bundestagda bir neçta — şoşilinç, uning ta’biri bilan aytganda — hukumat loyihalarini ma’qullatmoqçi. Xususan, gap Yevropa va Germaniyaga qoçqinlar oqimini çeklaşga qaratilgan ötgan yili Yevropa Ittifoqida qabul qilingan qarorlarning Germaniya qonunçiligiga tatbiq etilişi haqida bormoqda.

Uşbu qonunning erta saylovlar oldidan qabul qilinişi Şols va uning tarafdorlari foydasiga işlaşi kerak, çunki sönggi yillarda migratsiya muammosi Germaniyaning hozirgi hukumati tanqid qilinişiga eng asosiy sabablardan biriga aylandi. Biroq bu qonunning endi qabul qilinişi muxolifatga boğliq — Germaniyada hukmron koalitsiya parçalanganidan keyin Şols hukumati uning ovozlariga muhtoj.

Fridrix Mers ham migratsiya qonunçiligini kuçaytiriş tarafdori bölganini bir neça bor aytgan. Şu sababli, muxolifat hukmron partiyalarga «saylov sovğalari» qilişni istamasa ham, xristian demokratlar Şols taşabbusini qöllab-quvvatlaşlari yoki nima uçun özlari ta’kidlagan çoralarga qarşi ovoz berişlarini tuşuntirişlari kerak bölgan holatda qoladilar.

Şu bilan birga, aynan Mers Şols belgilagan sanadan oldin hukumatga işonç masalasini kötarişni talab qilmoqda. Muxolifat yetakçisi, agar Şols öz lavozimida qolmasa, kansler bölişga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Germaniyada hukmron koalitsiyaning qulaşi

6 noyabr oqşomida Olaf Şols moliya vaziri va Erkin demokratik partiya (EDP) raisi Kristian Lindnerni hukmron partiyalar raislari va ularning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlarini öz içiga olgan koalitsiya qömitasidagi mojarolar avj olganidan söng işdan böşatdi. 

Qömita yiğilişida Lindner özining koalitsiyadagi hamkorlari — GSDP va «Ittifoq-90»/«yaşillar» partiyasini mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkazişga rozi bölişga taklif qildi. Bu holatda, OAV yozganidek, u Germaniya uçun qöşimça budjetni qabul qilişga tayyor bölardi va parlament saylovlari ötkazilgunga qadar ötiş davridagi vazirlar mahkamasi tarkibida qoladi.

Lindnerning işdan böşatilişini şarhlar ekan, Şols sobiq vazir uning işonçini söndirib, umumiy manfaatga emas, balki «mijozlari va partiyasiga» xizmat qilganini aytdi. Biroq, Germaniyada muddatidan oldin saylovlar ötkazilişi mumkinligi haqidagi munozaralar bir neça oydan beri davom etmoqda va buning uçun muhim şartlar sentabr oyining oxiridan beri yuzaga kelgan. Öşanda «Ittifoq-90»/«yaşillar»ning butun rahbariyati partiyaning Germaniya şarqidagi uçta federal yerlarda landtaglarga, undan oldin — Yevropa parlamentiga saylovlardagi katta muvaffaqiyatsizliklaridan söng iste’foga çiqdi.

Lindnerning işdan böşatilişi EDPning hukmron «svetofor» koalitsiyasini tark etişiga olib keldi va şu bilan uni Bundestagda ozçilikda qoldirdi. Şu fonda Şols 15 yanvar kuni Germaniyaning amaldagi hukumatiga Bundestagda işonç votumi ötkaziş taşabbusi bilan çiqiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Qöllab-quvvatlaş bölmasa — ekspertlarning fikriga köra, kansler aynan şunga umid qilmoqda — mamlakatda 2025 yil mart oyida bölib ötişi mumkin bölgan muddatidan oldin saylovlar taşkil qilinişi kerak.