20:20 / 22.03.2023
34149

Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoga «tashqi aralashuvni qabul qilmasliklarini» aytdi

Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlarining suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Foto: Kenzaburo Fukuhara - Pool/Getty Images

Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashqi aralashuv va «rangli inqiloblar» importini qabul qilmaydi.

Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda keltirilgan.

«Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti va milliy taraqqiyotini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor, «rangli inqiloblar»ni import qilishga urinishlarni va mintaqa ishlariga tashqi aralashuvni qabul qilmaydi», deyiladi bayonotda.

Bayonot Xitoy rahbari Si Jinping davlat tashrifi bilan Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashganidan keyin e’lon qilindi.

Mavzuga oid
Top