O‘zbekiston | 11:08 / 30.03.2023
19185
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 30 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi.

Shuningdek, davlat rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni ko‘zdan kechirishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, prezident madaniy tadbirda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilyapti.

Mavzuga oid