Yevropa Komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen NATO boş kotibi lavozimiga nomzodini qöymoqda. Bu haqda 31 mart, juma kuni Britaniyaning The Sun tabloidi diplomatik manbasiga tayanib ma’lum qildi. Unga köra, fon der Lyayyenga alyansni boşqarişni NATOning qator davlatlari 2022 yil oktyabr oyida taklif qilgan. Amaldagi boş kotib Yyens Stoltenberg bu lavozimdagi faoliyatini şu yilning sentabr oyida yakunlaşi kutilmoqda. Uning vakolati uç marta, jami qariyb töqqiz yil davomida yangilangan.

Fon der Lyayyenning Yevropa Komissiyasi rahbari sifatidagi vakolati 2024 yilning yozida tugaydi.

Şimoliy Atlantika alyansi yangi rahbarni konsensus asosida tayinlaydi, deya eslatadi The Sun. Qöşma Ştatlar ittifoqning muhim a’zosi sifatida, hatto boş kotib odatda Yevropa rasmiysi bölsa ham, yakuniy sözni aytadi. Qöşma Ştatlar asosan NATOning Yevropadagi ittifoqçi kuçlari boş qömondoni (SACEUR) lavozimini saqlab qoladi, bu alyansdagi eng yuqori ofitserlik lavozimi.

Şu bilan birga, The Sun Britaniya manbalariga tayanib, Londonning Germaniya mudofaa vaziri sifatidagi tajribasiga qarab, Buyuk Britaniya fon der Lyayyen nomzodini qoniqarsiz deb hisoblagani uçun bloklaşi mumkinligini yozadi.

Bundan taşqari, Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles sönggi 20 yil içida Buyuk Britaniyadan NATOning birinçi boş kotibi bölişga da’vogarlik qilmoqda, deya qöşimça qiladi naşr. Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Uolles nomzodini rasman qöllab-quvvatlaydi, deb taxmin qilinmoqda.

Estoniya boş vaziri Kaya Kallas ham NATO boş kotibi lavozimiga da’vogar sifatida körilgan, ammo keyin gazetaning yozişiça, öz çegaralarida Rossiya tahdidiga qarşi turişga e’tibor qaratiş zarurati tufayli kuraşda qatnaşişdan boş tortgan.

Nomzodlar orasida Kanada boş vaziri örinbosari va moliya vaziri Xristya Friland ham bor, uning onasi ukrainalik. Ammo NATOdagi manbaga köra, Frilandning bu işga kirişi dargumon, çunki Ottava mudofaa xarajatlari uçun YaIMning 2 foizini taşkil eta olmayapti.

Ursula fon der Lyayyen NATO boş kotibi lavozimiga ariza topşirişi mumkinligi haqida avvalroq Italiyaning La Repubblica gazetasi xabar bergan edi. Uning sözlariga köra, fon der Lyayyenning mart oyi boşida Kanada va AQŞga safari «boşqaça nuqtayi nazardan» - uning alyans rahbari lavozimiga nomzod bölişi kontekstida körib çiqilişi kerak edi.

Yyens Stoltenberg 2014 yildan beri NATOni boşqarib keladi. Fevral oyida CNN telekanaliga bergan intervyusida u 2023 yilning kuzida boş kotiblik lavozimini tark etiş niyatida ekanligini tasdiqladi. «Bu yil kuzda ketaman. Işonçim komilki, alyans mening örnimga munosib odam topadi», - dedi u.