Yevropa Ittifoqi va Xitoy örtasidagi munosabatlar Xitoyning Ukrainadagi Rossiya uruşiga munosabati bilan belgilanadi. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) prezidenti Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. 

«Xitoyning Putin uruşiga qanday munosabatda bölişi hal qiluvçi omil böladi», dedi fon der Lyayyen Bryusselda. 

U kelasi hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birga Pekinga taşrif buyurişi kutilmoqda. 

«Rais Si Ukrainaga şafqatsiz va noqonuniy bosqindan xavotirda emas va Putin Rossiyasi bilan «çeksiz» döstligiga sodiq qoladi», dedi fon der Lyayyen. 

Pekin Rossiyaning Ukrainadagi agressiv uruşini hozirça qoralamadi. 

«Xitoy adolatli tinçlik izlaşda konstruktiv rol öynaşga majbur. Ammo bu tinçlik Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga asoslangan taqdirdagina adolatli bölişi mumkin», - deya davom etdi u. 

«Rossiyaning annexiasini mustahkamlovçi har qanday tinçlik rejasini amalga oşirib bölmaydi», deb ta’kidladi YeK rahbari.