Har qanday uruş uçun butun bir sabablar majmuasini topiş mumkin — «obektiv» iqtisodiy asoslardan tortib, inson omili bilan boğliq «sub’yektiv» vajlargaça. Masalan, Putin uruşlarining 2014 yildan boşlab «obektiv» sabablariga Kremlda yaşovçilar gaz va neft haydovçi ikkita quvur ustida ötirişga asoslangan mamlakatning jön iqtisodiy modeli özini tugatib bölgani, taşqi ekspansiyadan boşqa ğoya qolmaganini anglab yetişgani kiradi. «Sub’yektiv» sabablarda esa qiziq bir qonuniyat közga taşlanadi, deb yozadi jurnalist, tarixçi, siyosat fanlari nomzodi Aleksandr Jyelenin.
Ukraina sanoati qattiq boğlanib qolgan Rossiya gazi narxini «Gazprom» tomonidan istagan payt xohlagança oşiriş hisobiga Ukrainadan neomustamlakaçilik yölida foydalanişga nuqta qöygan «maydan» inqilobi ğalabasi Putinning 2014 yilda Qrim va Donbassga hujum boşlaşi uçun sönggi tomçi bölgandi. Garçi bu hujumda bir vaqtning özida juda katta sub’yektiv tarkibiy qism bölgan esa-da.
Putin Rossiya inqiloblar limitini ötab böldi deb köp vaqtdan buyon takrorlab kelardi, kutilmaganda uning burnining ostginasida ğalabali xalq inqilobi röy beradi va u taxtga ötqazgan Yanukoviçni ağdaradi. Rossiyaning şuhratparast va izzattalab hukmdori Putin nafaqat özi rus xalqi bilan «bitta xalq» deb hisoblovçi ukrainlarga, Ukraina tajribasini amalga oşirişga urinmasligi uçun Rossiyadagi ruslarga ham saboq berib qöyişi kerak edi.
Sodir bölayotgan uruşning köp sub’yektiv sabablari qatoriga Putinning maşhurlikdan, demakki, hokimiyatdan mosuvo bölişdan çöçişini ham kiritiş mumkin. Bu ham uruş boşlaş uçun yetarli sabablardan biri.
«Levada-sentr» tomonidan çorak asrdan buyon monitoring qilib kelinayotgan, Vladimir Putinning prezident va boş vazir lavozimlarida qöllab-quvvatlaş reytingini örganiş asnosida qiziq detal yuzaga çiqqan.
Barça «ğalabali kiçik uruş»laridan avval Putinning xalq qöllovi borasidagi reytingi past darajada bölgan. Uruş boşlangaç, keskin kötarilgan.
Masalan, 1999 yil avgustida Putin boş vazir lavozimida işlab turganida uning bu lavozimdagi faoliyatini rossiyaliklarning 33 foizi ma’qullagan, 31 foizi ma’qullamagan. Oradan bir oy ötib, Ikkinçi Çeçeniston uruşi boşlangaç, ma’qullaş reytingi qariyb ikki barobarga oşgan — 65 foizga yetgan. Ma’qullamaganlar soni esa 21 foizgaça kamaygan.
Putinni ma’qullaş reytingi bilan öxşaş holat 2008 yilda — u yana boş vazir bölib işlab turgan pallada sodir bölgan. 2008 yil iyulida Gurjiston bilan «beş kunlik uruş» çoğida uning boş vazir lavozimidagi işini 80 foiz kişi ma’qullab turgan, uruş tugagaç, sentabr oyida Putinni qöllaş reytingi 88 foizgaça kötarilgan. Nisbatan kiçik ösişni öşa paytda «ğalabali kiçik uruş» uçun asosiy mukofotni prezidentlik kursisida ötirgan Dmitriy Medvedev öziga tortib ketgani bilan tuşuntiriş mumkin.
2013 yil noyabrida Putinning prezidentlik lavozimidagi faoliyatini rossiyaliklarning 61 foizi ma’qullagan. Ma’qullamaslik reytingi bu vaqtga kelib öz maksimumiga yetgan va 37 foizni taşkil eta boşlagan. Öşa paytda istiqbollar juda tumanli edi, çunki köplab iqtisodçilar Rossiyada 2014 yilda iqtisodiy tanazzul yuz berişini taxmin qila boşlaşgan edi.
Qrimni tezgina egallaş va Ukraina şarqini ajratib oliş böyiça operatsiya boşlaş 2014 yil martiga kelib Putinning reytingi 80 foizgaça ösişiga olib keldi, iyun oyida bu körsatkiç 86 foizga yetdi. Uning faoliyatini ma’qullamaydiganlar soni bu vaqt içida uç barobargaça qisqarib, 13 foizga tuşdi.
Xuddi şunga öxşaş manzarani Kremlning Ukrainaga keng qamrovli uruş oçişi arafasida va uruş boşlanganidan keyin körişimiz mumkin. 2021 yil noyabrida Putinni ma’qullaş reytingi 63 foiz bölgan, 2022 yil martida esa u 20 punktga kötarilib, 83 foizga yetgan. Şu muddat içida uning antireytingi noyabrdagi 35 foizdan martdagi 15 foizgaça qulagan.
Bu tasodifmi? Heç ham bunga öxşamayapti.
Yuqorida aytilganlarning yana bir sotsiologik isboti. Putin Rossiyasining Ukrainaga bostirib kirişidan ikki oy avval, öz agressiyasini oqlaş uçun Kreml Ğarb oldiga bajarib bölmas ultimatum qöyganida — NATOni deyarli yarmisini tarqatib yuboriş (alyansni 1997 yil çegaralariga qaytariş)ni talab qilganda, «Levada-sentr» ma’lumotlariga köra, 2021 yilning dekabrida rossiyaliklarning 44 foizi «mamlakat notöğri yönalişdan ketyapti», deb hisoblaşgan.
Lekin barça işlar «töğri yöldan ketayotgani»ga işonuvçilar soni 48 foiz bölgan. Agar statistik xato 4 foiz ekani inobatga olinsa, öşa paytda Rossiya rahbariyatining işidan rozilar va norozilar soni qariyb teng bölgani körinadi. Putin va uning siyosiy maslahatçilari nazdida bu vaziyat juda omonat, ya’ni xavfli sanalgan. Ularning nuqtayi nazariga köra, Qrimni allaqaçon esdan çiqargan, azaliy, yillab hal qilinmagan muammolarga e’tibor qarata boşlagan Rossiya jamiyatini bir qalqitib oladigan harakat zarur bölgan.
Uruş oçilganidan ikki oy ötib, 2022 yilning aprelida mamlakatda «işlar töğri yöldan borayotgani»ni qayd etganlar miqdori 48 foizdan 66 foizgaça kötarilgan. «Mamlakat notöğri yöldan bormoqda» deb hisoblovçilar esa 44 foizdan 22 foizgaça kamaygan.
Gap bu yerda rossiyaliklarning tabiiy qonsiraganida emas, uruş boşlanganidan söng davlat propaganda maşinasi bor kuçi bilan işga tuşganida. Biroq, Putin öz uruşlarini boşlagaç, özi odatda doimo şunday bölgan.
Faqat Suriyadagi uruş istisno. Uni Rossiya jamiyati turli sabablarga köra sezmay qoldi. Xullas, Putinning barça uruşlari uning reytingini oşirişga xizmat qilgan va albatta bu öz-özidan yuz bermagan.
Ma’lumki, Putin Rossiya imperiyasi tarixining, ayniqsa uning asosiy monarx personajlarining katta ixlosmandi. Masalan, Nikolay II’ning içki işlar vaziri va jandarmlari rahbari Vyaçeslav Pleve kabilarning. Öşa paytdagi moliya vaziri Sergey Vitte Plevedan şunday iqtibos keltiradi: «Inqilobni uşlab turiş uçun bizga kiçik va ğalabali uruş kerak».
Ha, Rossiyada hokimi mutlaqning reytingini uşlab turiş (oşiriş) bilan öşa vaqtlarda, hali mamlakat elektoral diktatura bölmagan çoğlarda ham şuğullanişgan… Bizga yaqin tarixni-ku, gapirmasa ham böladi.
Putin uçun har qanday inqilob, u xoh Oktyabr inqilobi, xoh «zarğaldoq» va «rangli» bölsin, doim uning tungi bosinqiraşi bölgan. Bunga sabab uning maslagi va qat’iy işonçigina emas. Putin uçun inqilob mutlaq kulfatdir. 2017 yilda u 1917 yilgi Oktyabr inqilobining 100 yilligi oldidan bu sanani nişonlaş kerakligi, «biroq köklarga kötarmaslik» zarurligini aytgan. Bunisi ham tuşunarli. Uning nazdida, inqilobni emas, bosqinçilik va birodarkuşlik uruşini köklarga kötariş, romantikalaştiriş yaraydi.
Putinda har qanday inqilobni köra olmaslik uçun nafaqat ğoyaviy sabablar, mutlaq amaliy sabablar ham bor. U Yelsindan qabul qilib olgan va butkul betonlab taşlagan öta prezidentlik respublikasi siyosiy tizimida Putin toabad prezident bölib qoladi. U bu yerda biror narsa özi yaratgan tizim doirasidan taşqarida, ya’ni inqilobiy yöl bilangina özgarişi mumkinligini yaxşi tuşunadi. Şuning uçun voqealarning bunday tus olişiga bölgan har qanday dastlabki şartlarni yöq qiliş uning siyosatining asosiy maqsadiga aylangan. Bu ma’noda «ğalabali kiçik uruş» hokimiyatni saqlab qolişda uning uçun allaqaçon iş beradigan vositaga aylangan.
Albatta, 2022 yilda Akela qattiq adaşdi. Putinga omad juda ham köp qaraşib kelayotgan edi. U boşlagan uruşlar çindan ham kiçik edi (Gurjiston va Suriyadagi singari), ammo kiçik bölmasa ham (Çeçenistondagi kabi), biroq surbetlik, yolğon, çapdastlik va ommaviy propaganda bilan qorişgan şafqatsiz zulm bilan olib borilgan uruşlar şu paytgaça ulardan heçqursa nominal ğolib sifatida çiqişga yordam berib kelayotgan edi.
Endi esa hokimiyatni saqlab qolişning sinalgan usuli uni yöqotiş sababiga aylanib ketişi mumkin.













