«Qonuniy nişonlar»: uruşda kimlarga va nimalarga zarba beriş noqonuniy hisoblanadi?
|23:34 / 23.05.202321 93618 min
Ukraina uruşida «qonuniy nişonlar» u yoki bu taraf tez-tez işlatadigan jumlaga aylandi. Asli yuridik bölgan tuşunça köpinça siyosiy yoki falsafiy tus olmoqda. Xöş, uruşda kimni öldiriş mumkin va mumkin emas? Bu savol bir qaraganda absurd körinadi.
Qonuniy nişonlar
«Qonuniy nişonlar» termini uruş boşlanişi hamono Ukrainada ham, Rossiyada ham tezda keng iste’molga kirib keldi. Masalan, Rossiya TIV 2022 yil martida Ukrainaga keltirilayotgan Ğarb davlatlari harbiy yordam karvonlarini «qonuniy harbiy nişonlar» deb atay boşladi. Dekabr oyida Dmitriy Medvedev NATOning siyosiy-harbiy rahbariyati, qöşinlari va harbiy obektlari Rossiya qöşinlari uçun «qonuniy nişon» böla olişi mumkinligi haqida fikr yuritdi.
Ukraina razvedkasi boşliği Kirill Budanov
2023 yilning fevralida Ukraina Oliy radasi deputati Fyodor Venislavskiy Moskva Ukraina uçun «qonuniy nişon» ekanini ta’kidladi. 3 mayga ötar keçasi Kremlga dronlar hujumi uyuştirildi — Ukraina hukumati hanuz bu aksiyaga aloqasi borligini rad etib kelmoqda. May oyida Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov ukrainalik jurnalistning «Putin biz uçun qonuniy nişonmi?» deb bergan savoliga «Albatta. Nega bölmasin ekan?» deya javob qaytargan.
AQŞ Davlat kotibi örinbosari Viktoriya Nuland 2023 yil fevralida Rossiyaning Qrimdagi harbiy obektlari «qonuniy nişonlar» ekanini ta’kidlab, Ukrainaning ularga qarata zarba berişi uruş avj olişiga olib kelsa ham, AQŞ bunga monelik qilmasligini bildirgan edi.
Kirill Budanov esa may oyidagi boşqa bir intervyusida
Mavzuga oid
rossiyalik propagandaçilar «nişon» böla olişi mumkinmi, deya berilgan savolga javobida şunday degandi: «Biz ularning ançasining boşiga yetdik. <…> Lekin siz şaxslarni aniqlaştirişga harakat qilsangiz, butun jahondagi maxsus xizmatlar aytadigan klassik javobni berişga majburman: biz buni izohlay olmaymiz, biz bu axborotni na tasdiqlay, na rad eta olamiz».
Bundan sal avvalroq Yahoo News Budanovning şunday sözlarini keltirgan edi: «Biz rossiyaliklarni dunyoning istalgan nuqtasida öldirib kelganmiz va Ukraina töliq ğalaba qozongunça öldirişda davom etamiz». Keyinroq Boş razvedka boşqarmasi boşliği jurnalistlar bu gapning «eng muhim» qismini kesib taşlaşganini aytib çiqdi: gap barça rossiyaliklar emas, faqat harbiy jinoyatçilar haqida borgan.
Uruşda qaysi nişonlar qonuniy?
«Qonuniy harbiy nişonlar» — bu xalqaro humanitar huquq tuşunçasi bölib, u Haaga va Jyeneva konvensiyalari asosida yuritiladi. Barça şu kabi tuşunçalar bilan sodir bölganidek, uning formal ma’nosi nihoyatda çigal va turli talqinlarni keltirib çiqaradi. Xullas, amaliyotda nimani qonuniy, nimani noqonuniy harbiy nişon sifatida qabul qiliş yuridik emas, siyosiy masalaga aylanib ketadi.
Garçi ayni paytdagi xalqaro huquq davlatlar örtasidagi qurolli töqnaşuvlarni nolga olib kelişga intilayotgan bölsa-da, u ham real voqelikni tan oladi: davlatlarga öz manfaatlarini kuç bilan himoya qilişni taqiqlab bölmaydi. Bu holatda boş vazifa — uruş asnosida tinç aholining jabr körişini minimallaştiriş.
Bundan kelib çiqilsa, Jyeneva konvensiyalarining asosiy qoidalari — fuqarolik şaxslarini kombatantlar, ya’ni töqnaşuv tomonlaridan biri uçun jang qilayotgan insonlardan ajratiş. Kombatant, masalan, muntazam armiya askarlari, partizanlar, harbiy rahbariyat, hattoki davlat rahbarlari ham böla oladi, agar ular oliy boş qömondon rutbasiga ega bölsa.
Şunisi muhimki, xalqaro huquq heç qanday oralik statuslarni tan olmaydi: inson yo kombatant bölişi mumkin yo tinç fuqaro. Nazariyaga köra, harbiy korxonalar xodimlari, propagandaçilar, hattoki «Molotov kokteyli» tayyorlaydigan (lekin ularni otmaydigan) insonlar ham fuqarolik şaxslari hisoblanadi.
Muammo şundaki, xalqaro töqnaşuvlar çoğida bu me’yorlarni turliça talqin qiliş «joyning özida» röy beradi — yuridik nozik nuqtalarga heç kim e’tibor ham berib ötirmaydi. Fuqarolar uruşga qöşilsa kombatantga aylanadi. Aytaylik, bosqinçi armiyaning askari tinç aholi uyiga bostirib kirdi, uyning egasi uni oşxona piçoği bilan söyib taşladi. Askar jinoyatga qöl urdi, lekin uyning egasi ham kombatantga aylandi va uni otib taşlaşsa, bu jinoyat sanalmaydimi?
Yana bir muhim farq bor — fuqarolik va harbiy obektlar. Bunda ham farq köproq muşohadaga asoslangan. Nazariy jihatdan, bular uylar, maktablar, kasalxonalar, masjid va çerkovlar, dökonlar, elektr stansiyalari va madaniy yodgorliklar — bularning bari fuqarolik obektlari va ularga hujum qiliş harbiy jinoyat sanaladi. Lekin amaliyotda bunday obektlar kombatantlar uçun boşpana va öq-dorilar uçun ombor bölib xizmat qilişi mumkin — bu holda u harbiy obektga aylanadi. Agar obektni egallab oliş va vayron qiliş töqnaşuv tomonlarining biriga real ustunlik taqdim etsa, u qonuniy nişon hisoblanadi. Konvensiya tuzayotganida yoki keyinçalik sud jarayonida bu mezonlarni hisobga oliş uruş vaqtidagidan osonroq, albatta.
Alaloqibatda xalqaro huquq me’yorlarini kim qanday talqin qilişiga boğliqligi sababli u yoki bu nişonning qonuniyligiga işonç hosil qilişda şunçaki köz yugurtiriş kifoya bölişi kerak. Ya’ni, yana takrorlaymiz, «qonuniy nişon» — siyosiy tuşunça.
Insonlar «qonuniy nişon» böla oladimi?
Qisqa javob — bu ham siyosiy qarorga boğliq.
Muayyan insonlarning davlat tomonidan sudsiz, jang maydonidan taşqarida öldirilişi köpinça «nuqtali yöq qiliş» (inglizça — «targeted killings») deb ataladi.
Rossiya «nuqtali yöq qiliş»dan tizimli ravişda foydalanadigan kam sonli davlatlardan biri. Xususan, bu taktikadan çeçen ayirmaçilariga qarşi foydalanilgan. 1996 yilda Javhar Dudayevni raketa bilan öldirişgan. 2002 yilda Hattobni zaharlangan xat bilan yöq qilişgan. 2004 yilda Zelimxon Yandarbiyevni Qatarda portlatib yuborişgan. 2005 yilda Aslan Masxadovni otib ketişgan. 2006 yilda Şamil Basayevni portlatişgan.
Bu qotilliklarni Rossiya kuçişlatar tizimlari özining maxsus operatsiyasi deb atagan (Yandarbiyev bilan boğliq holatdan taşqari, çunki agentlar Qatarda qölga tuşişgan va ularni ekstraditsiya mexanizmi orqali olib çiqişgan). Bu yerda hammasi tuşunarli: uruş ketayotgan edi (formal jihatdan «konstitutsion tartibni tiklaş böyiça operatsiya» yoki «aksilterroristik operatsiya deb atalgan bölsa ham), Rossiya hukumati bu insonlarning barçasini kombatant deb hisoblagan.
Bundan taşqari, Aleksandr Litvinenko (2006 yilda zaharlangan) «nuqtali yöq qiliş» qurboni böldi, qurbonga aylanişga bir baxya qolganlar orasida Vladimir Kara-Murza (2015 va 2017 yillarda ikki marta zaharlangan), Sergey Skripal va uning qizi (Buyuk Britaniyada 2018 yili zaharlanişgan) va Aleksey Navalniy (2020 yilda zaharlangan) bor. Bularning barçasi eng dovruğli holatlar. Bularning barçasiga Rossiya hukumati özining aloqasi borligini keskin rad etib keladi. Yana hammasi tuşunarli: heç qanaqa uruş yöq, kombatantlar ham yöq — sof siyosiy suiqasdlar.
«Nuqtali yöq qilişlar» bilan Isroil maxsus xizmatlari ayniqsa dovruğ qozongan. 1970-yillarda «Mossad» Myunxen olimpiadasida uyuştirilgan terrorçilik akti taşkilotçilarining qariyb barçasini qidirib topib, öldirgan. Şuningdek, Isroil öziga duşman hisoblagan Misr va Iroq kabi mamlakatlarning yadroviy va raketa texnologiyalari ustida iş olib borgan bir neça (jumladan, germaniyalik va kanadalik) olim va injyenerlarni «nuqtali yöq qilgan». Yana heç qandaydir uruşsiz şaroitda, kombatant bölmaganlar öldirilgan. Rasmiy Isroil bu qotilliklarga aloqadorligini doimo rad etib kelgan.
2000-yillar boşida, Ikkinçi intifoza boşlanganida Isroil «nuqtali yöq qiliş» usulidan xorijda emas, öz nazorati ostidagi hududlarda, köproq Ğazo bölgasida foydalana boşladi. Masalan, 2004 yilda Ğazoda raketa zarbasi orqali HAMAS asosçisi Ahmad Yosin öldirildi. Isroilning bu aksiyaga aloqadorligini rad etişi bema’nilik edi.
2001 yilda mamlakat harbiy prokurori Menahem Finkelşteyn «nuqtali yöq qilişlar»ning qonuniyligi haqida yuridik xulosa tayyorladi. Unga köra, Isroil mudom terrorçilar bilan uruş şaroitida ekanligi qayd etilgan. Biroq, formal jihatdan uruş e’lon qiliş imkonsiz. Agar davlat terrorçilik taşkilotiga uruş oçsa, bu guruhni öziga tenglaştirgan böladi.
Bulardan kelib çiqib, Finkelşteyn yangi yuridik toifani taklif etgan — «noqonuniy kombatant»: uruşda biror davlat tomonida turmay iştirok etayotganlar. Bunday insonlar kombatantmi, demak, qonuniy harbiy nişonga aylanadi.
Isroil Falastindagi «nuqtali yöq qilişlar»ni tan ola boşladi. Aniqroği, «nuqtali qarşi çoralar»ni — rasmiy hujjatlarda aynan mana şu iboradan foydalanmoqda. Tegişli jarayonlar ham ommaga oşkor qilina boşlandi. Xususan, «nuqtali qarşi çoralar» uçun buyruqni Isroilda faqat bir kişi — boş vazir bera olişi ham. Bu esa ularning har biri siyosiy qaror ekanini anglatadi.
Isroil oliy sudi «noqonuniy kombatantlar» degan toifani tan olmagan, biroq «nuqtali qarşi çoralar» siyosati qonuniy ekanini tasdiqlagan. Unga nisbatan çeklovlar öşa Jyeneva konvensiyalari — kombatantlar va fuqarolarni farqlaş orqali joriy etiladi.
Bundan nariyoğiga turliça talqin qiliş uçun ulkan maydon bor. Masalan, mana bu fuqaro «şahidlik belboği»ni taqib oldi — u harbiy harakatlar iştirokçisi sanaladimi yoki yöq? Anavisi esa «şahidlik belboği»ni taqişga kömaklaşib yuboryapti. Bunisi esa terrorçilarni jalb qilib, öqitmoqda. Bunisi xudkuş-terrorçilarning vidolaşuv nutqini videoga olmoqda. Hu anavisi «şahidlik belboği» yasaşni örgatmoqda. Sönggi ikkitasi Jyeneva konvensiyalariga köra kombatant atalmasligi kerak, nima bundaylar çindan ham aybsiz «tinç aholi vakili» sanalişi kerakmi?
2000-yillar boşida, 11 sentabrdagi terrorçilik aktlaridan söng «nuqtali yöq qiliş» amaliyotidan AQŞ ham faol foydalana boşladi. Buning uçun kiçik Jorj Buş Amerika kuçişlatar tizimlariga insonlar sudsiz va jang maydonidan taşqarida öldirilişini taqiqlovçi 1976 yilgi prezident farmonini bekor qildi. Ayni paytda amerikalik harbiy yuristlar na xalqaro huquq, na Amerikanikiga öxşaş Isroil qonunlari bilan tan olingan finkelşteynçasiga «noqonuniy kombatantlar» toifasidan foydalanişmoqda.
Amerika «nuqtali yöq qilişlari»ning eng maşhur misollari orasida 2006 yilda «Al-Qoida»ning Iroqdagi bölimi yetakçisi Abu Musab az-Zarqoviy hamda, tabiiyki, 2011 yilda Pokistonda uşbu taşkilot rahbari Usoma ibn Lodinning öldirilişi bor.
AQŞda «nuqtali yöq qilinişi» lozim bölgan insonlarning rasmiy röyxati ham mavjud. Uni prezident imzolaydi. Bu yerda heç bir avtomatik yuridik jarayon yöq: kimdir nimadir qiladi va röyxatga tuşadi. Siyosiy qaror bor.
2010 yilda Barak Obama misli körilmagan siyosiy qarorga qöl uradi: bu röyxatga «Arabiston yarim orolidagi al-Qoida»ning yetakçilaridan biri, AQŞ fuqarosi, Anvar al-Avlaqiyni kiritadi (öşanda u Yamanda yaşardi). Al-Avlaqiyning otasi huquqbonlar qöllovi bilan Obama, Pentagon va Markaziy razvedka boşqarmasi (ular röyxatni yuritiş va «nuqtali yöq qilişlar» uçun mas’ul) ustidan Amerika sudiga arz qilgan — biroq da’vo arizasi rad etilgan.
Sudya u yoki bu insonni «nuqtali yöq qiliş» röyxatiga qöşiş yoki öçiriş sof siyosiy qaror, degan xulosaga kelib, bu masalani qonun çiqaruvçi yoki ijro hokimiyati hal qiliş kerak, deb hisoblagan. Uşbu holatda bu masala milliy xavfsizlikni ta’minlaş uçun mas’ul bölgan ijro hokimiyati zimmasida bölgan.
Oradan bir yildan ziyodroq vaqt ötib, Anvar al-Avlaqiy Amerika pilotsiz parvoz qurilmasidan uçirilgan raketa bilan Yamanda öldirilgan.
Propagandaçilar qonuniy nişon hisoblanadimi?
Qat’iy qilib aytganda, yöq. OAV tahririyatlari agar ular harbiy propagandani tarqatayotgan bölsa ham, fuqarolik obektligiça qolaveradi va ularga hujum qiliş noqonuniy. Agar «Ostankino» kutilmaganda armiya böyiça buyruqlarni translatsiya qila boşlasa, unda, ha, telemarkaz harbiy obektga va qonuniy nişonga aylanadi.
Lekin rossiyalik propagandaçilar özlariga nisbatan suiqasd uyutirilişini kutib yaşaşmoqda. Margarita Simonyanning poçtasi xavfsizlik xizmati tekşiruvidan ötadi va unda portlovçi moddalar izi topilgan. Yegor Xolmogorov «Ukraina kutilmaganda hujum qilib qolişi ehtimoli»ga köra öz işlarni tartibga keltirib, özini «ölimga mahkum qilingan» deb ta’kidlagan.
Ularning xavotiri töğri yoki yöqligi — alohida masala. Biz Darya Dugina va Vladlen Tatarskiyni kim öldirgani, Zaxar Prilepinga kim suiqasd uyuştirganini bilmaymiz. Bu suiqasdlarda qandaydir izçillik bor deb aniq ta’kidlay ham olmaymiz. Nihoyat, Rossiyada ötgan yil içida ğalatiölimlarköp yuz berdi, ulardan turliça ketma-ketlik yasaş mumkin: öldirilganlarning kasbi, boyligi va yiqilib tuşiş balandligiga qarab. Agar kimdir rus propagandaçilariga ov uyuştirayotgan taqdirda ham ular yagona nişon emasligi aniq.
Vladlen Tatarskiy
Rossiya hukumati va propagandaçilari Dugin, Tatarskiy va Prilepinga Ukraina maxsus xizmatlari suiqasd uyuştirgan deb ta’kidlamoqda — ta’kid boşqaça bölişi ham mumkin emas, aslida. Ukraina hukumati barçasini rad etib çiqmoqda — rad etmaganida ham ğalati bölardi. Ukraina Boş razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanov, tabiiyki, «Mossad» öyinini qilmoqda: bir qarasang rad etayotgandek, lekin boşqa tomondan rad etmayotgandek — bunisi ham tuşunarli: uning idorasi qörqinçlilik va sirlilik nufuzini orttirişi kerak.
Zaxar Prilepin Rosgvardiyada şartnoma asosida xizmat qiladi va Ukrainada janglarda iştirok etgan — u kombatant. Maksim Fomin (Vladlen Tatarskiy) ham 2014 yilda jang qilgan, (özining sözlariga köra 2022 yilda ham). U ham kombatantlikka yaraydi. Bu ikkisi Jyeneva konvensiyalarining töğridan töğri mazmuniga köra, qonuniy nişon bölgan. Bu heç narsadan dalolat ham bermaydi: esingizda bölsa «nuqtali yöq qiliş» töğrisidagi qaror avtomatik bölmaydi, doimo siyosiy böladi.
Darya Dugina esa kombatant bölmagan. U halok bölgan suiqasd uni yöq qiliş uçun emas, uning otasi, Yevrosiyo mafkuraçisi Aleksandr Duginni yöqotişga qaratilgan, degan versiya ham bor. Lekin u ham kombatant emas. Şu bilan birga, u Putinning boş mafkuraçisi roliga nomzod sanaladi, uni, agar qattiq istak bölsa, uruşayotgan Rossiyaning siyosiy rahbariyatiga taalluqli odam sanaş mumkin.
Budanovga «topib öldiriş»ni taklif qilinganlar içida Vladimir Solovyov «maxsus harbiy amaliyot» zonasida bölib turadi, lekin harbiy harakatlarda bevosita iştirok etmaydi. U ham kombatant emas va noqonuniy nişon.
Boşqa tomondan, xalqaro huquqda propagandaçilar harbiy hamda insoniyatga qarşi jinoyatlarda iştirokçi deb topilgan holatlar ham bölgan. 1946 yilda Nyurnberg tribunali Der Stürmer gazetasi boş muharriri Yulius Ştreyxerni uruş va genotsidni tarğib qilgani uçun osişga hukm qilgan. Haagada şu kunlarda genotsidni propaganda qilgani uçun Ruandadagi qayğu bilan eslanadigan «Ming tepaliklar radiosi»ni tuzgan Felisiyen Kabuguni sud qilişmoqda.
Ta’kidlaş joiz, agar Vladimir Solovyov va Margarita Simonyan yoki boşqa inson harbiy jinoyatçi — genotsid va uruş tarğibotçisi deya tan olingan (buni, albatta, sud hal qiladi) taqdirda ham, bu hol ularni kombatantga aylantirmaydi.
Menahem Finkelşteyn «kombatant — fuqaro» kabi qat’iy suvayirğiç reallikni töliq aks ettirmaydi, deganda mutlaqo haq edi. Bu turli rangdagi spektr bölib, uruş tarğibotçilarining joyi aslo «oddiy tinç aholi» joylaşgan qismda emas. Lekin humanitar huquq reallikni aniq tasvirlaş uçun öylab topilmagan, aynan uni şakllantiriş va uruşayotgan tomonlarning harakatlarini çeklaşga xizmat qilişi uçun yaratilgan.