19:38 / 06.06.2023
10666

Shoygu sentabr oyidan beri birinchi marta Rossiya armiyasi yo‘qotishlari haqida xabar berdi

Rossiya Mudofaa vaziri Ukrainaning 4-5 iyun kunlari amalga oshirgan hujumi davomida 71 harbiy halok bo‘lganini aytdi.

Foto: TASS

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina hujumini qaytarish jarayonida halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar haqida ma’lumot berdi.

«Afsuski, yo‘qotishlarimiz bor. Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini qaytarish jarayonida 71 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi, yana 210 nafari yaralandi. 15 ta tank, 9 ta piyoda jangovar mashinasi, 2 ta avtomobil va 9 ta to‘p yo‘q qilindi», dedi u.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 4 iyun kuni 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 ta mexanizatsiyalashgan brigada bilan, 5 iyun kuni 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 5 ta mexanizatsiyalashgan brigada bilan hujumga o‘tgan. Ammo barcha hujumlar to‘xtatilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 2022 yil sentabr oyidan beri birinchi marta Ukrainadagi urush davomida armiya yo‘qotishlarini e’lon qildi. O‘sha paytda, 5937 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top