11:44 / 23.06.2023
5440

Pokiston bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiyasi haqidagi qonun ma’qullandi

Senat qirq ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston hukumati bilan Pokiston hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: Senat.uz

Bitimning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish ekani qayd etildi.

Senatorlar ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan bitimning ahamiyatini yuqori baholab, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yanada oshirish va mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Senatorlar bitimning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangi turtki berishini va davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Top