BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (UNESCO) ma’lumotlariga köra, sönggi 50 yilda savodxonlik darajasi oşib borişi natijasida, butun jahonda ayniqsa yoşlar orasida bazaviy bilimlarga ega bölmaganlar soni ötgan yilning özida 8 million kişiga qisqargan.

UNESCO ma’lumotlariga köra, 2022 yilda savodsiz insonlar soni 771 milliondan 763 milliongaça kamaygan.

Şu yil UNESCO statistika instituti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2020 yilga kelib 15 yoşdan oşgan yoşlar va yoşi kattalarning har yettinçisi bazaviy bilimlarga ham ega bölmagan.

Savodsiz insonlarning katta qismi Janubiy Osiyo mintaqasida joylaşgan. Bu mintaqada savodsiz aholining qariyb yarmi istiqomat qiladi. Afrikada Sahroi Kabirdan janubdagi mamlakatlarda bu körsatkiç 27 foizni qamrab olgan.

Umuman olganda dunyo böylab savodsiz aholining 10 foizi Şarqiy va Janubiy Osiyo mintaqasida, 9 foizi Şimoliy Afrikada, 4 foizi Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasida, 4 foizi Ğarbiy Osiyoda yaşaydi.

COVID-19 krizisi ham millionlab yoş bolalar, yoşlar savodxonlikni oşiriş borasida duç kelayotgan muammolarni çuqurlaştirgan.

UNESCO ma’lumotlariga köra, global miqyosda röy bergan pandemiya öquvçilarning hozirgi avlodi umr böyi işlab topadigan pullarning 21 trln dollar miqdorida yöqotilişiga olib kelişi mumkin.

Savodsiz insonlarning uçdan ikki qismini qizlar va ayollar taşkil etadi.

Markaziy va Şarqiy Osiyoda, Şimoliy Amerikada, Lotin Amerikasida va Karib dengizi havzasi davlatlarida savodsiz erkaklar va ayollar örtasidagi farq u qadar katta emas. Biroq Şimoliy Afrika, Ğarbiy va Janubiy Osiyo va Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan davlatlarida savodsizlik böyiça jinslar örtasidagi farq sezilardi.

UNESCO ma’lumotlariga köra, dunyo böylab 6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 244 million bolalar maktabga borişmaydi. Past va örta daromadli mamlakatlarda 10 yoşli bolalarning oddiy matnni ham öqiy olmasligi 2019 yildagi 57 foizdan 2022 yilda 70 foizgaça kötarilgan.

Bolalarning, jumladan, maktabda ta’lim olayotgan bolalarning katta qismi bazaviy savodxonlik könikmalariga ham ega emas.

Butun dunyoda 15 yoşdan katta bölgan insonlarning 86 foizi öqiş va yozişni biladi, 15 yoşdan 24 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida bu körsatkiç 91 foizga teng.