Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini işlab çiqiş hamda joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi:

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining maqsadi, vazifalari va prinsiplari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini işlab çiqiş uçun qöyiladigan talablar hamda ta’limning standartlaştiriladigan turlari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini, malaka talablari, namunaviy (tayanç) öquv reja va dasturlari loyihalarini işlab çiqiş, tasdiqlaş va joriy etiş tartibi.

Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, öquv reja va dasturlarini işlab çiqişda quyidagilar inobatga olinadi:

● tegişli ta’lim bosqiçi yakunida ta’lim oluvçilarda şakllanişi lozim bölgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilaş;
● ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlaş, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yönaltiriş;
● ta’lim oluvçilarda atrof muhitni asrab-avaylaş va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalaniş mas’uliyatini şakllantiriş.

Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinişini ta’minlaş maqsadida Özbekistonda mavjud ta’lim turlari YuNeSKOning “Ta’limning xalqaro standart tasniflagiçi” darajalari bilan muvofiqlaştiriladi.

2024 yil 1 avgustga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagilarni nazarda tutuvçi ds.uz - Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona oçiq muhokama portalini işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.