O‘zbekiston | 07:23 / 14.09.2023
2967
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi notijorat tashkiloti bo‘lib, 40 yoshgacha  bo‘lgan odamlarni birlashtiradi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Toshkentda Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Aso bilan uchrashdi.

«Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Aso janoblari bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida. 

Qayd etilishicha, palataning O‘zbekistonda filialini ochish rejalashtirilmoqda.

«Bu xalqlarimizni bog‘lovchi yana bir muhim ko‘prik bo‘lib, qo‘shma loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarish va, ayniqsa, yoshlarning ulkan salohiyatidan foydalanishda yangi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi», deydi Baxtiyor Saidov.

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi notijorat tashkiloti bo‘lib, 40 yoshgacha  bo‘lgan odamlarni birlashtiradi.

Mavzuga oid