08:00 / 27.09.2023
3466

BAA O‘zbekistonda ijtimoiy obektlar binolarini qurishi mumkin

BAA kompaniyalari bilan O‘zbekistonda ijtimoiy obektlar binolarini qurish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

Joriy yilning 22 sentabr kuni O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida GCC Services kompaniyasining vitse-prezidenti Lyuis Rodrigez hamda Yuco Alliance DMCC kompaniyasining bosh ijrochi direktori Sardor Yo‘ldoshev bilan respublikada ijtimoiy obektlar binolarini qurish yo‘nalishida istiqbolli investitsiya loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Elchixona ma’lumotiga kura, kompaniyalar tibbiyot va yo‘l qurilishi sohalaridagi loyihalarga ko‘proq ixtisoslashgan, shu bilan birga, tibbiyot, ta’lim, yo‘l va shahar infratuzilmasi yo‘nalishida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Standard Chartered banki tomonidan dastlabki rozilik berilgan.

Uchrashuv yakunida xorij tomonidan taqdim qilingan loyihalarni o‘rganib chiqqan holda ularni amalga oshirish modelini ishlab chiqishi bildirildi hamda kelgusi bosqichda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan aniq loyihalar muhokamasiga kirishilishiga kelishildi.

Top