Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan öquvçilarni IT sohasiga qiziqtiriş hamda şu yönalişdagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida «Raqamli avlod qizlari-2024» respublika tanlovi bölib ötmoqda.

Tadbir joriy yilning 29 martiga qadar davom etadi, unda oflayn tarzda 200 nafarga, onlayn şaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

  • Digital Art, 
  • 3D Modelling, 
  • sun’iy intellekt,
  • startap loyihalar,
  • grafik dizayn kabi yönalişlarda gibrid darslar ötkazilmoqda.

Şuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida «Liderlar maktabi» yönalişi qöşilgan bölib, unda mustaqil loyihalar ustida işlaş hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutiş haqida ma’lumot berilmoqda.

Respublika tanlovi maşğulotlarida eng faol qatnaşgan qizlar BAAga ta’lim sayohatini qölga kiritişi mumkin.