Qöştepa kanali Afğoniston şimolida toliblar tomonidan Amudaryodan suvni buriş uçun qurilayotgan kanal bölib, uning uzunligi 285 km bölişi kutilmoqda. Qurilişi 2022 yil mart oyida boşlangan kanalning hozirgi kunga qadar 100 km.dan ortiqroq qismida qaziş işlari töliq bitirilgani aytiladi.
Özbekiston uşbu kanalning Markaziy Osiyo mintaqasi qişloq xöjaligiga salbiy ta’sir körsatişidan hamda kanal qurilişi natijasida Amudaryodan Orol dengiziga boradigan suv miqdori keskin kamayişidan doimiy xavotirlarini bildirib keladi. «Tolibon»ga köra, uşbu kanal qurilişi natijasida 550 ming gektar çöl maydonlari qişloq xöjaligi yerlariga aylanişi kutilmoqda.
Ayrim mustaqil ekspertlar va muhandislar loyihaga şubha bilan qarab, «Tolibon» kanalni samarali yakunlaş böyiça nou-hauga ega emasligi va loyihani moliyalaştiriş qiyin bölişi, çunki heç bir xorijiy donor uni qöllab-quvvatlaşga tayyor emasligini ta’kidlaydi.
Şu bilan birga, «Tolibon»ga köra kanal qurilişining birinçi bosqiçini tugallaş uçun 8 milliard AQŞ dollari sarflangan bölib, qurilişni davom ettiriş uçun hozirda Xitoydan qöşimça moliyalaştiriş manbalari jalb etilmoqda.
Agarda masalaga xalqaro huquqiy nuqtayi nazardan yondaşilsa, şu narsa ma’lum böladiki, Afğoniston mintaqadagi transçegaraviy suvlardan foydalaniş böyiça heç qanday mintaqaviy yoki xalqaro şartnomalarni imzolamagan.
Amudaryo suvlarini taqsimlaş böyiça ilk şartnoma SSSR davriga töğri kelib, unda Amudaryo suvlari Markaziy Osiyoning tört respublikasi – Tojikiston, Özbekiston, Turkmaniston va Qirğiziston örtasida ajratilgan edi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erişganidan keyingi davr davomida, xususan, 1992 yilda Olmaotada Amudaryo suvlaridan foydalaniş böyiça mintaqaviy şartnoma imzolangan va uşbu şartnomada ham Afğonistonning Amudaryo suvlaridan foydalaniş huquqi nazarda tutilmagan.
Öz navbatida, Afğoniston hukumati SSSR davrida ham, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilligi davrida ham Afğoniston Amudaryo suvlaridan foydalanuvçi sub’yekt sifatida istisno etib kelinganini iddao qiladi.
Mojaroni xalqaro huquq normalari asosida hal qiliş haqida söz borganda, «Tolibon» hukumatining xalqaro huquqdagi maqomiga alohida töxtalib ötiş joiz.
«Tolibon» 2021 yil avgustida hokimiyatni qölga kiritganidan beri uni heç bir davlat Afğonistonning yangi hukumati sifatida rasman tan olmagan.
Xalqaro huquqdagi an’anaviy yondaşuv şundan iboratki, agar u yoki bu hokimiyat guruhi davlat hududini töliq, mustaqil va barqaror nazorat qilsa, uning vakolati aholi tomonidan tan olinsa va unga raqobatçi hokimiyat mavjud bölmasa, u hukumat sifatida tasniflanadi.











