Özbekiston prezidentining qöşni mamlakatlar bilan döstona munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi siyosati asosida Afğonistonga beğaraz ravişda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berildi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Afğoniston Qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri boşçiligidagi rasmiy delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurgan. Mehmonlar Toşkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanişgan.

Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş maqsadida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan Afğoniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beğaraz yordam tariqasida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berilgan. Jumladan, ob-havo şaroitlariga çidamli, sertifikatlangan 5 tonna çigit (200 gektar yer maydoni uçun), 20 tonna şoli (100 gektar maydon uçun), 500 kilogramm moş (25 gektar uçun), şuningdek, 187 kilogramm sabzavot uruğlari va 600 kilogramm poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli uruğlari topşirilgan.

«Mazkur amaliy yordam Afğonistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qişloq aholisi bandligini oşiriş hamda agrar sohada innovatsiyalarni joriy etişga xizmat qilişi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, mart oyida Özbekiston Afğonistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. Öşanda insonparvarlik yordami tarkibidan un, makaron mahsulotlari, ösimlik yoği, şakar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari örin olgan edi.