Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
Qonun bilan yo‘l egasining huquq va majburiyatlari, transport vositalari egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida moddalar bilan belgilanmoqda.
Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Senatorlar yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarida yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Xususan, qonunga ko‘ra, yo‘l uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash bo‘yicha ishlar bajarilayotganda yo‘lning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi o‘tish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yo‘l uchastkalarida qatnov qismining 50 foizidan ko‘prog‘ini yopish zarur bo‘lgan taqdirda mazkur yo‘l uchastkalarini aylanib o‘tish ta’minlanishi kerak.

Qonun bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida to‘xtab turish joylarini qurish to‘g‘risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi belgilanmoqda. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To‘xtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga, aholining sog‘lig‘i va osoyishtaligiga salbiy ta’sirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshirilishi qayd etilmoqda.
Qonun bilan elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratilishi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Shuningdek, qonunda pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar, pulli to‘xtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari ham alohida modda bilan belgilanmoqda.
“Mazkur qonunning bugungi kundagi amaliy ahamiyatini, ortiqcha izohlashga hojat yo‘q. Har birimiz, yoki haydovchi, yo yo‘lovchi, yoki oddiy piyoda sifatida yo‘l harakati ishtirokchisi hisoblanamiz. Afsuski, yo‘l harakati bilan bog‘liq muammolarga deyarli har kuni duch kelayapmiz.
Albatta, parlament nazorati doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero yo‘l harakati masalasi nafaqat mamlakatimizda, balki global miqyosda allaqachon eng dolzarb muammolardan biriga aylangan.
Yo‘llardagi tirbandliklar borgan sari kundalik holga aylanib bormoqda. Afsuski, deyarli har kuni mudhish yo‘l-transport hodisalari haqida xabar topayapmiz. Eng achinarlisi, bunda insonlar, ayniqsa bolalar nobud bo‘lyapti.
Shulardan kelib chiqsak, bu kabi qonunlar zaruratini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Mazkur yangi Qonunda nihoyatda muhim normalar, qoida va talablar aks ettirilgan.
Sohaning ilmiylik, ochiqlik va oshkoralik, ekologik xavfsizlikning ustuvorligi kabi yangi prinsiplari mustahkamlab qo‘yilmoqda. Mas’ul davlat organlarining vakolatlari kengaytirilmoqda. Korxona, tashkilot, muassasalar va e’tiborlisi, fuqarolarning ham yo‘l harakati sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki belgilab berilmoqda.
Muhimi, sohada samarali jamoatchilik nazorati ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Umuman aytganda, yo‘l harakati sohasi barchamizning birgalikdagi ishimizga aylanmoqda va bu ish qonunni aniq tushunib, unga qat’iy amal qilishdan boshlanishi kerak”, deya ta’kidlagan Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun muhokamasida.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026