14:08 / 14.11.2023
1626

Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi 

Lyubomir Frebort 2020-2023 yillarda  Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vatslav Yilek o‘rniga tayinlandi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chexiyaning yangi elchisi Lyubomir Frebortni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Lyubomir Frebort janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - Hamkorligimiz yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalari soni o‘sayotganini qayd etdik. O‘zaro hamkorligimizda ko‘p yutuqlarga erishdik, yana yangi marralar kutmoqda. Janob elchiga aloqalarimizni yanada boyitish yo‘lidagi barcha maqsadlariga erishishini tilab qolamiz».

Lyubomir Frebort 2020-2023 yillarda  Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vatslav Yilek o‘rniga tayinlandi.

Chexiyaning yangi elchisi 59 yoshda. U 1989 yildan buyon TIV markaziy apparati hamda xorijiy davlatlar, jumladan, Vetnam, Indoneziya, Filippin, YeI huzuridagi elchixona va vakolatxonalarda, Bryusseldagi Yevropa tashqi harakatlar xizmatida, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Turkmanistondagi vakolatxonasida (delegatsiyasi) ishlagan. Toshkentga tayinlanganiga qadar TIV boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid
Top