Bu haqda avvalroq maqola ham yozgan edim. Maqolada nafaqat qoidabuzar haydovçilarni jarima ballari bilan tiyiş, ayrim qoidabuzarliklar uçun javobgarlik hamda jarimalar miqdorini oşirişni ham taklif qilgan edim.
Maqolada inson(lar) ölimiga olib kelgan qoidabuzarlik uçun jinoiy jazo nihoyatda kuçaytirilişi lozimligi haqida ham gap borgan.
Oliy Majlis qonunçilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihasida transport vositasi haydovçilari tomonidan doimiy ravişda qoidabuzarlik sodir etganlik uçun jarima ballari hisoblaş tizimini joriy etiş ham belgilanmoqda.
Unga köra, hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oşgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uçun qöşimça jazo tariqasida haydovçini transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda.
Şuningdek, transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum bölgan şaxs özboşimçalik bilan baribir transport vositasini takroran boşqarib yurgani aniqlansa, unga nisbatan jinoiy javobgarlikni belgilaş nazarda tutilmoqda.
Bu nihoyatda uzoq kutilgan va juda yaxşi taşabbus.
Hozir ayrim odamlarda «birovning nomidagi avtomaşinani işonçnoma orqali haydab yurib qoida buzilsa nima böladi?» degan savollar paydo bölmoqda. Çindan ham haqli savol.
Qoidabuzarlikni öz közi bilan körgan YPX xodimi maşinani töxtatib, qoidabuzar haydovçiga ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirsa, mayli, bu tuşunarli. Lekin foto va videoqurilmalar vositasida qayd etilgan qoidabuzarliklar masalasi nima böladi?
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga köra, foto va videoqurilmalar vositasida qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun jarimani avtotransport vositasi rasmiylaştirilgan şaxs — maşinaning egasidan undiriladi.
Hozir bizda birovga maşinasini işonçnoma orqali sotiş huquqi bilan berib yuboriş «moda»ga aylangan. Yöllarda harakatlanayotgan, jismoniy şaxslar nomiga rasmiylaştirilgan avtotransport vositalarining yarmidan köpi uni boşqarayotgan haydovçining nomida emas. Işonçnoma bilan boşqarilmoqda. Işonçnomalar ham hozir onlaynlaşib ketdi. Rasmiylaştiriş osongina.

















