Köplab bahs-munozaralardan söng Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fiskal qoidalarni isloh qilişga rozi böldi. Ispaniyaning YeI kengaşidagi raisligi 20 dekabr, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqi moliya vazirlarining video-konferensiyasidan söng murosaga erişilganini e’lon qildi. Xabarda ta’kidlanganidek, kelişuv «barqarorlik va ösişni» ta’minlaydi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uçun yangi fiskal qoidalar yanada real va ayni paytda samarali böladi, deb yozdi Germaniya federal moliya vaziri Kristian Linder X (sobiq Twitter) platformasida. «Ular taqçillik va qarz nisbatlarini kamaytiriş böyiça aniq raqamlarni sarmoya va tarkibiy islohotlarni rağbatlantiriş bilan birlaştiradi», dedi siyosatçi.

Qarzni qisqartirişda köproq moslaşuvçanlik 

Islohot investitsiyalarni ta’minlaş va şu bilan birga, alohida a’zo davlatlarning ortiqça qarzdorligidan qoçiş uçun amaldagi YeI Barqarorlik paktini modernizatsiya qilişga qaratilgan, deb yozadi AFP. 1990-yillar oxirida qabul qilingan qarz qoidalariga köra, mamlakat budjeti taqçilligi yalpi içki mahsulot (YaIM)ning uç foizidan oşmasligi kerak. Umumiy qarz yalpi içki mahsulotning 60 foizidan oşmasligi şart. Mamlakatlar yiliga 60 foizdan ortiq qarzning beş foizini tölaşi kerak. 

Barqarorlik pakti Yevropa Ittifoqi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatlarga iqtisodiyotga yordam beriş uçun milliardlab dollar qarz olişga ruxsat beriş maqsadida töxtatilgan edi. Avvalgi qoidalarga qaytiş Yevropaning iqtisodiy tiklanişi uçun xavfli hisoblanadi, deya ta’kidlaydi dpa agentligi. 19 dekabr kuni Germaniya va Fransiya moliya vazirlari örtasida bölib ötgan muzokaralardan söng kelişilgan yangi qoidalar barqarorlik paktining asosiy parametrlarini saqlab qoladi, biroq COVID-19 inqirozi va Ukrainadagi uruş tufayli qarzdorlik darajasi yuqori bölgan davlatlar uçun qarzlar va budjet taqçilligini kamaytirişda köproq moslaşuvçanlikni ta’minlaydi.

Endi bölajak islohot Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullanişi kerak. Nazariy jihatdan, u 2024 yil bahorining oxirida kuçga kirişi mumkin.