Germaniya va Yevropa Ittifoqining boşqa 14 davlati ayni paytda suriyaliklarning boşpana sörovlarini körib çiqişni töxtatgan. Bu haqda 19 dekabr, payşanba kuni Yevropa Ittifoqining boşpana masalalari böyiça agentligiga (EUAA) tayanib, epd agentligi xabar berdi.
«Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlari juda ehtiyotkor», dedi uşbu idora direktori Nina Gregori Funke media-guruhi naşrlariga bergan intervyusida. Uning aniqlik kiritişiça, Yevropa Ittifoqi avvalo Suriya Başar Asad rejimi qulagandan keyin qanday rivojlanişini körmoqçi. «Biz Suriyadagi vaziyat barqarorlaşadimi va yangi tuzum haqiqatan ham butun mamlakat hududini nazorat qila oladimi yoki yöqmi, buni diqqat bilan kuzatib boramiz», — deya ta’kidladi Gregori.
Uning sözlariga köra, Suriyada odamlarning ta’qib qilinişi uçun asosiy mas’uliyat uning Moskvaga qoçib ketgan sobiq prezidenti Başar Asad zimmasida. «Vaziyatning rivojlanişiga qarab, endi boşpana söraş uçun ariza berişni oqlaydigan boşqa asoslar bor yoki yöqligini tekşirişimiz kerak», deb tuşuntirdi Funke media-guruhi suhbatdoşi. Uning fikriça, uzoq muddatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida köplab suriyaliklarning qoliş huquqidan voz keçişi uçun qonuniy istiqbollar oçilişi mumkin.
Damaşq yaqinida ikkita ommaviy qabr topildi
Suriyada, uning hukmdori Başar Asad davrida, 2013 yildan beri 100 mingdan ortiq odam qiynoqqa solingan yoki öldirilgan bölişi mumkin. Bu bahoni 17 dekabr kuni Reuters bilan suhbatda AQŞning harbiy jinoyatlarni tergov qilayotgan sobiq elçisi Stiven Rapp bildirdi.
U avvalroq ikki ommaviy qabrga borgan: Damaşq yaqinidagi Qutayfa va Najha şaharlarida. «Bizda, albatta, bu maşinada (ommaviy qiynoqlar va qotilliklardan) ğoyib bölgan va qiynoqqa solingan holda öldirilgan 100 000 dan ortiq odam bor», dedi u.
«Biz natsistlar davridan beri bunaqasini körmaganmiz», dedi Rapp. U ilgari Ruanda va Serra-Leonedagi uruş jinoyatlari tribunallarida ayblovni boşqargan va hozir Suriya fuqarolik jamiyati bilan Asad rejimi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar dalillarini hujjatlaştiriş va ehtimoliy sud jarayonlariga tayyorgarlik körişda yordam bermoqda, deya tuşuntiradi Reuters.
Öz navbatida, boş qarorgohi Qöşma Ştatlarda joylaşgan Suriya Favqulodda vaziyatlar guruhiga rahbarlik qiluvçi huquq himoyaçisi Muaz Mustafo jurnalistlarga, uning hisob-kitoblariga köra, birgina Qutayfada kamida yuz ming jasad dafn etilganini aytdi.












