Xitoy bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qaysilar?
23–25 yanvar kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralarning yo‘nalishlari va ahamiyati haqida xitoyshunos ekspert Sherzod Ziyoyev o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
— Prezidentning 23-25 yanvar kunlari Xitoyga tashrifidan asosiy kutilayotgan natijalar nimalar bo‘lishi mumkin?
— Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari navbatdagi bosqichga ko‘tarildi va bu jarayon tezlashib boryapti. O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalari keng qirrali, turli sohalar mavjud: energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, savdo, ijtimoiy xavfsizlik nabilar. Bugun Xitoy O‘zbekiston uchun asosiy savlo sherikka aylandi, savdo aylanmasi ham eng yuqorisi Xitoy bilan: 12 mlrddan oshiq, buni 20 mlrdga chiqarish reja qilingan.
Prezidentimizning Xitoyga tashrifi amaliy masalalarni xal qilishga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev va Xitoy rahbari Si Jinping bilan tor va keng doirada strategik masalalar muhokama qilinadi. O‘zbekiston o‘zining keyingi istiqboli uchun Xitoyning asosiy savdo va boshqa sohalardagi hamkoriga aylanishdan manfaatdor. Bugungi beqaror vaziyatda o‘z o‘rniga, mavqeiga, iqtisodiy taraqqiyotiga ega bo‘lgan Xitoy bilan aloqalar O‘zbekiston uchun manfaatli bo‘ladi deb o‘ylayman.
Umuman, Xitoy bilan ko‘p qirrali aloqalar o‘rnatilgan, ko‘p sohalarni qamrab oladi. Energetika ta’minotini olsak ham, bugun Xitoy kompaniyalari ishtirokida quyosh panellari ishlab chiqarish, texnik modernizatsiya qilishda ishlar olib brrilyapti. Bundan tashqari, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, ijtimoiy siyosat sohalarida xam Xitoy tajribasini qo‘llash nazarda tutilyapti. Savdo, sarmoyaviy sohalarda aloqalar O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy nuqtai nazardan yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim bo‘ladi.
Xitoy O‘zbekiston uchun qanchalik strategik ahamiyatga ega bo‘lsa, Xitoy uchun ham O‘zbekiston shunchalik muhim, ikki davlat Markaziy Osiyodagi masalalarni hal qilish, muhim ta’minot zanjirlariga ulanish, oziq-ovqat xavfsizligi, harbiy masalalarda hamkorlikni rivojlantirmoqda.
— O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi aynan shu pallada jadallashuviga qaysi omillar turtki bo‘lmoqda?
— O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini 3 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’riflashan bo‘lardim. Birinchisi, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda, bundan O‘zbekiston manfaatdor. Prezidentimiz ham davlatimizni rivojlantirish yo‘lida eksportni qo‘llash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tranzit yo‘llarini kengaytirish masalalarini ko‘tardi. Bu borada Xitoy tajribasi bizga qo‘l keladi.
Ikkinchisi, ijtimoiy soha va taraqqiyot bilan bog‘liq sohalar. Transport sohasida, boshqaruv sohasida Xitoy tajribasini qo‘llash bo‘yicha almashuvlar davom etyapti.
Uchinchisi, geostrategik hamkorlik. Dunyodagi beqaror vaziyat fonida rivojlanayotgan O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi muammolari, boshqa muammolar paydo bo‘lyapti. Bu borada ham Xitoy tajribasini qo‘llash, hamkorlik qilish mumkin. Yashil energetika, atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha ham hamkorlik muhim.
Dunyo bozorida Xitoy kapital qo‘yilmaoari bo‘yicha birinchi o‘rinda. Logistika imkoniyatlari ham juda yuqori, tashuvchi kompaniyalari ko‘p dunyo bo‘yicha. Shu ma’noda Xitoy bilan strategik hamkorlikdan ianfaatdormiz.
— Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li va boshqa infratuzilma loyihalari o‘zaro manfaatlimi yoki muayyan to‘siqlar haliyam mavjudmi?
— O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining iuhim yo‘nalishlaridan biri mamlakatlararo qatnovni yo‘lga qo‘yish. Xitoy jahon bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiyalashgan davlat sifatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan transport logistik hamkorlik muhim rol o‘ynaydi. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li bo‘yicha ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lyapti, Qirg‘iziston tomoni ishlarni boshlagan ham. O‘zbekiston bu yo‘lni davom ettirib, Turkmaniston orqali Eronga chiqish rejasi ham bor.
Davlat yetakchilari orasidagi muloqot ancha kuchayyapti oxirgi yillarda. Ikki davlat hamkor sifatida biri-birini qadrlaydi, munosabatlar yaxshi. Ba’zi to‘siq bo‘luvchi masalalar ham vaqti-soati bilan hal bo‘ladi. Siyosiy muloqot ko‘p masalalarga yechim bo‘ladi. Yevroosiyo jarayonlarda O‘zbekiston diplomatiyasi o‘rni oshib boryapti va Xitoyda ham o‘zbek diplomatiyasiga ishonch bor. Dunyo tartibotidagi jarayonlarida ham o‘zbek vositachm sifatida o‘zini yaxshi ko‘rsatyapti.
— O‘zbekistonning Xitoy bilan ikki tomonlama oliy darajadagi muloqoti Markaziy Osiyoda va katta Yevroosiyoda qanchalik rol o‘ynaydi?
— O‘zbekistonga Xitoyda qiziqish ortib bormoqda, buning birinchi sababi O‘zbekistonning geografik-strategik qulay joylashgani. Xalqaro bozorga kirib borish yo‘lida Xitoyning O‘zbekistonga qaratayotgan e’tiboridan foydalanish mumkin. O‘zbekistondagi barqaror siyosat Xitoyning «Bir makon — bir yo‘l» loyihasi uchun qulay. O‘zbekiston nisbatan kichik davlat bo‘lgani uchun kuch markazlari bo‘lmish AQSh, Rossiya ishtirokidagi loyihalar ham mavjud, lekin O‘zbekiston bu raqobat muhitini ham ijobiy tomonga yo‘naltirishga urinyapti. Afg‘oniston masalasida, vektorlar muvozanatini saqlash borasida jadal ishlar olib borilyapti. Afg‘oniston masalasida ham o‘zbek diplomatiyasi yutuqlarga erishyapti, mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik uchun muhim bu.
Xitoy tashqari boshqa davlatlar bilan ham aloqalar yaxshi, xususan,YeI, Rossiya, AQSh davlatlari bilan. Bunday manfaatli aloqalar bizga kerak, ilmiy-texnikaviy, sarmoyaviy masalalarda O‘zbekistonga qiziqish ortyapti. Shu vaziyatdan foydalanishimiz kerak. Xitoy bilan yaxshi munosabatlarimiz esa boshqa davlatlar bilan aloqalarga salbiy ta’sir qilmaydi degan umiddaman.
Mavzuga oid
22:26 / 05.11.2024
O‘zbekiston prezidentining Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
13:00 / 05.11.2024
Tianjinga sayohat: Birinchi “Yinghua O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik sinfi”muvaffaqiyatli o‘tkazildi
07:50 / 05.11.2024