Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi Özbekistonda şamol generatorlari uçun qanotlar işlab çiqaruvçi korxona taşkil etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Ma Inxu ma’lum qildi.

Ötgan haftada Navoiy viloyatida Şavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan taqdimotda aytilişiça, loyiha qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. 400 ta iş örni yaratiş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, loyihada milliy kontent (mamlakat içida işlab çiqarilgan va taqdim etilgan mahsulot, xizmatlar, texnologiyalar va işçi kuçining uluşi) 10 million dollar (20 foiz) miqdorida baholanmoqda. Mahalliy xomaşyoning işlab çiqarişdagi uluşi 28 foizni (14 million dollar) taşkil etadi. Şu bilan birga, loyihani amalga oşiriş orqali 82 million dollar miqdoridagi importni 100 foiz qoplaş rejalaştirilgan.

Korxonaning işga tuşirilişi 2025 yil 20 dekabrga kutilmoqda.

Korxona rahbari mahsulotlar Markaziy Osiyo bozorini ham qamrab olişni rejalaştirayotganini aytdi. Katta ölçamlari tufayli qanotlar işlab çiqariş va taşiş uçun katta maydonlarni talab qiladi, dedi u.