Harbiy yordam, muzokaralar istiqboli va «B reja» - Zelenskiyning Fox Newsʼga intervyusidan asosiy gaplar
|23:18 / 23.02.202423 18315 min
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruş boşlanganiga ikki yil tölişi arafasida Amerikaning Fox News telekanaliga front çiziğidan bir neça kilometr narida - Kupyansk şahridagi vayrona binolardan birida intervyu berdi.
«Dunyo Vladimir Putinning mağlubiyatiga tayyor emas va barça Rossiyadagi özgarişlardan qörqadi», — deydi Vladimir Zelenskiy
Fox News auditoriyasiga Kremldagi oppoq va momiq kreslosidan murojaat qilgan va amerikaliklarning Ukrainada sodir bölayotgan voqealar bilan işi bölmasligini ta’kidlagan Vladimir Putindan farqli ravişda, Zelenskiy vayron bölgan uy devorlari fonida intervyu berdi.
Uning asosiy mujdasi — Ukrainadagi uruş barça uçun, jumladan, amerikaliklar uçun ham muhimligi haqida.
Karlsonga javob
Uşbu intervyuning konteksti uning mazmunidan ham muhimroq bölişi mumkin.
Intervyu AQŞning konservativ telekanalida çiqdi, uni asosan respublikaçilar partiyasiga yon bosuvçi an’anaviy qaraşlar tarafdorlari tomoşa qilişadi.
Putindan intervyu olgan Taker Karlson yaqin yaqingaça uşbu telekanalda işlagan, uning şoularini örtaça uç million, ba’zan beş million odam tomoşa qilgan. Ötgan yili uni telekanaldan haydaşgan, garçi rasman sababi ma’lum qilinmagan esa-da. Bunga balki Takerning rahbariyatga nisbatan takallufsiz çiqişlari sabab bölgandir yoki rahbariyat uning Donald Trampning saylovdagi ğalabasi «öğirlangani» xususidagi konspirologik mulohazalaridan töygandir.
Öz bayonotlari bilan Karlson AQŞning boşqa naşrlariga çaqiruv taşladi va ularni göyoki Vladimir Putinni rad etib, Zelenskiyning «tilyoğlamalik bilan ruhni kötaruvçi suhbatlari»ni jon-jon deb e’lon qilişda aybladi.
Töğrisini aytganda, Rossiya prezidentini heç kim rad etgani yöq. Ğarbdagi köplab naşrlar, jumladan BBC ham uruş boşidan buyon undan intervyu olişga bir neça bor harakat qilgan. Lekin har safar rad javobini olgan.
Fox boşlovçisi Bret Bayyer çaqiruvga javob berdi: u ikki yildan buyon amerikaliklarni taşvişlantirayotgan savollarni Zelenskiyga beriş uçun Ukrainaga keldi. Bayyer Zelenskiydan birinçi marta intervyu olayotgani yöq. Ötgan yili ham, avvalgi yil ham u Zelenskiy bilan suhbatlaşgan.
Bayyer Zelenskiydan Putinning intervyusini kördingizmi, deb söraganida Ukraina prezidenti şunday javob qilgan: «Mening biz, uruş va AQŞ töğrisida ikki soatlik uydirmani tinglaşga vaqtim yöq».
Zelenskiyning yozib olgan intervyusi juma kuniga ötar keçasi körsatildi va 45 daqiqa davom etdi.
Mavzuga oid
Vladimir Putindan farqli ölaroq, Ukraina prezidenti Fox auditoriyasiga front çiziğidan unçalik olis bölmagan joydagi yarim vayrona binodan turib murojaat qildi. Foto: FOX NEWS / SCREENSHOT
Fox’ning asosiy auditoriyasi Ukrainaga harbiy yordam berişni davom ettirişni savol ostiga oluvçi respublikaçilar tarafdori ekani inobatga olinsa, Zelenskiyning bu auditoriyaga aytar gaplari bor edi.
Xuddi Zelenskiy Bayyerni intervyu beriş uçun nega Xarkiv oblastidagi Kupyansk şahriga taklif etgani tuşunarli bölganidek.
Uruş avvalida rossiyaliklar Xarkiv oblastining katta qismi bilan qöşib bu şaharni ham egallab olişga muvaffaq bölişgan, u yerda öz ma’muriyatini tuzişga ham ulgurişgan edi. Biroq Ukraina qurolli kuçlari oblastning okkupatsiya qilingan katta qismini qaytarib olişga muvaffaq bölgan.
Rossiya bu yönalişda yana hududlarni egallaş niyatidan voz keçmasdan, oldinga ötişda davom etmoqda. Forbes naşri hattoki Kupyanskni egallaş Rossiyaning ayni damdagi asosiy taktik maqsadi ekanini yozgan edi.
«Xarkiv oblastining bir bölagi saylov kunigaça Rossiya armiyasidan Putinga yaxşigina sovğa bölar edi», — deb yozgan Forbes.
Zelenskiy respublikaçilarga aynan şuni körsatmoqçi böldi: uruş davom etmoqda, janglar bölyapti. Ukrainada esa hozirça «B reja» yöq.
«B reja»siz
Zelenskiyning fikriça, AQŞ bilan muloqot uning ustuvor vazifalaridan biri. Foto: TOBIAS SCHWARZ/POOL/AFP VIA GETTY IMAGES
AQŞ bilan muloqot Volodimir Zelenskiyning öz oldiga qöygan ustuvor vazifalaridan biri. Ukraina frontda Rossiyaga qarşi turiş uçun yordamga har doimgidan ham kuçliroq muhtoj.
Uruş boşlanganidan buyon xalqaro hamkorlari Ukrainaga 170 mlrd yevrolik yordam körsatişni va’da qilgan. Bu summaning 40 foizi — sof harbiy yordam, 50 foizi — moliyaviy yordam, 10 foizga yaqini insonparvarlik yordami. 42 ta davlat donor bölgan, biroq ularning içida 71 mlrd yevro yordam körsatgan asosiy davlat, albatta, AQŞ böldi.
Jo Bayden administratsiyasi ötgan yil kuzidayoq Kongressga Ukrainaga qöşimça yordam ajratişni ma’qullaşni sörab murojaat qilgan: milliy xavfsizlikning turli jabhalarini himoya qiliş uçun taklif qilingan 100 mlrd dollarlik paketning katta qismi — 61 milliardi Ukrainaning Rossiyaga qarşi uruşi bilan boğliq xarajatlarni qoplaşga möljallangan. Biroq respublikaçilarning qarşiligi bois masala hamon yeçilmagan.
Avvaliga ular bu masalani Amerikaning içki muammosi — Jo Bayden prezidentligi davrida millionlab noqonuniy migrantlar kesib ötayotgan janubiy çegaralar ustidan nazoratni qat’iylaştirişga boğlaşni talab qildi.
Xorijdan harbiy yordam bölmasa, Ukraina himoyaçilari tobora köproq hospitallarga tuşaveradi, deydi Zelenskiy. Foto: Ukraina prezidenti ofisi.
Bunday misli körilmagan noqonuniy migrantlar oqimi AQŞda keng miqyosli siyosiy inqirozga olib keldi va mamlakat fuqarolari noroziligiga sabab böldi. Respublikaçilar demokratlardan çegaradagi nazoratni kuçaytirişni söramoqda, demokratlar esa bunga istamaygina rozi bölişmoqda.
Bu bahslar fonida AQŞ ma’muriyati ötgan yil oxiridan Ukrainaga harbiy yordam uçun mablağ ajratişni töxtatdi va qurol-yaroğlarni berişda davom etiş Amerikaning öz xavfsizligini tahdid ostida qoldirişi, Ukrainani ikki yillik qöllab-quvvatlaş natijasida Pentagonning xarjlangan zaxiralarini töldiriş uçun Kapitoliyda bahs-munozaralarga sabab bölayotgan öşa qonun tasdiqlanişi kerakligini ta’kidladi.
Bir oylik qizğin munozaralardan söng Senatdagi ikki fraksiya umumiy murosaga keldi.
Lekin muammo hal etilmadi: norozilik tölqini bölajak saylovlarda uni yana Oq uyga qaytarişidan umid qilayotgan Donald Tramp «ahmoqlik qilmaslik»ni söradi va Kongressning boşqa qismi — Vakillar palatasini nazorat qilayotgan uning tarafdorlari buyruqqa quloq tutişdi.
Zelenskiy avvalroq Donald Trampga Ukrainaga şaxsan kelişni taklif etgan edi. Fox Newsʼga intervyusida u «Agar Tramp kelsa, men u bilan frontning old çiziğigaça borişga tayyorman», dedi.
«Unga nima degan bölardingiz?» — deb qiziqqan jurnalist.
«Agar u şu yerga kelsa, uning közlari hamma savoliga javobni olgan bölardi», degan Zelenskiy.
Bret Bayyer Zelenskiydan Ukraina 2024 yilda, ayniqsa, AQŞdan ortiq moliyalaş olmasa, öz oldiga qanday maqsadlar qöyganini söradi.
«Sönggi oylarda bunday savollarni tez-tez eşitmoqdaman. Biz omon qolamizmi? Albatta. Lekin hammamiz emas. Agar jahon bunga tayyor bölsa — özlaring guvoh bölasizlar. Lekin bu fojia. Bu fojia faqat Ukraina uçun emas, barçamiz, butun Yevropa uçun böladi», — degan Zelenskiy.
Agar AQŞ şu yil yordamni tiklamasa «B reja» nima bölişiga aniqlik kiritmagan, biroq Rossiya hamon osmonni nazorat qilayotgani, son jihatdan ustun ekanini ta’kidlab ötgan.
«Buning muqobilini topiş juda qiyin, — degan u boşqa yordam manbalarini nazarda tutib. — Albatta, biz qarab turmaymiz... baribir topamiz. Biz qandaydir parallel yöllarni bosib ötgunça omon qilişga majbur bölamiz. Nima bölganda ham, tuşunyapsizmi, bu yordam nihoyatda kerak. Usiz, keçirasiz-u, bizda borgan sari köproq qahramon yigitlar hospitallardan joy ola boşlaydi. Çunki sizda real mudofaa qalqoni va öq-dorilarga ega kuçli artilleriya bölmasa, odamlaringizni yöqota boşlaysiz».
Duşman bitta
Ham Zelenskiyning, ham Putinning intervyusini körgan örtaça statistik amerikalikning nuqtayi nazariga köra bir narsa aniq: Rossiya sodir bölayotgan voqealarga e’tibor qaratmaslikni söramoqda («Qiladigan boşqa işlaring yöqmi?» — deb söragandi Putin). Ukraina esa nafaqat voqealarni diqqat bilan kuzatişni, şuningdek, yordam berişni söramoqda.
«Bu uruşga nisbatan ikki xil nuqtayi nazar bölişi mumkin emas, — degan Volodimir Zelenskiy. — Faqat bitta duşman bor va bu — Putin».
Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari qömondonligini almaştiriş juda zarur bölganiga işonçi komil. Foto: Ukraina prezidenti ofisi
«Bizga uzoq masofalardagi nişonlarni ura oladigan qurollar kerak, — degan Zelenskiy. — Biz buni kongressmenlar bilan gaplaşganmiz, buni prezident Bayden bilan gaplaşganman. 300 km olisdagi masofaga uça oladigan ATACMS raketalari bizga katta yordam bergan bölardi. Çunki bu uruş teng uruş emas: bizning artilleriyamiz 20 kilometrni nişonga ololadi, Rossiyaniki esa 40 kilometrni. Hamkorlarimizda şunday tizimlar bor ekan, nega u Ukrainaga berilmasligi kerak?»
Şu paytgaça Jo Bayden ma’muriyati « eskalatsiya kuçayişi»dan çöçib, Ukrainaga duşmanning front çiziği ortidagi zaxiralariga ziyon yetkazişi mumkin bölgan qurol-yaroğ tizimlarini berişni paysalga solib keladi. Uçiş masofasi qisqaroq bölgan bir neçta ATACMS raketalari ötgan yili kuzda ketma-ket sörovlardan söng berildi, biroq iş undan uyoğiga siljimadi.
Amerika yordami yarim yölda depsinib qolar ekan, Rossiya qöşinlari Avdiyivka — ruslar ikki yildan buyon egallaşga behuda urinib kelgan Donetsk oblastidagi şaharni egallaşdi. Zelenskiyga savol berar ekan, Bret Bayyer buni Rossiyaning sönggi 9 oy içidagi eng katta natijasi deb atadi.
Köplab ekspertlar va mulozimlar, jumladan, Vaşingtondagilar ham Rossiya qöşinlarining bu muvaffaqiyatini Ukraina armiyasida öq-dori taqçilligi vujudga kelgani bilan boğlaşadi.
Rossiya uruşning boşidan buyon Avdiyivka uçun kuraşib kelayotgandi. Şahardan bir neça kilometr narida Rossiya nazorati ostidagi Donetsk şahrini Horlivka va Luhansk bilan boğlovçi yöl ötadi. Agar Ukraina armiyasi uni kesib qöysa, butun Rossiya qöşinlarining logistikasiga jiddiy zarba bergan bölardi. Rossiya esa Donetsk öq yomğirlari ostida qolmasligi uçun ukrain qöşinlarini çetlaştirişni maqsad qilib, Avdiyivka uçun kuraşdi.
Endi esa Avdiyivkani, töğriroği, undan qolgan vayronalarni Rossiya nazorat qilmoqda.
«Bu örinda nazorat qiliş deganda nima anglanişini tuşuniş kerak. Ular hamma narsani vayron qilişdi. Ularning strategiyasi hamma narsani yer bilan bitta qilib, tekislab, keyin oldinga yurişdan iborat», — dedi Zelenskiy Avdiyivkadagi vaziyat böyiça.
«Bu ötgan ikki yil içida ular Xarkiv oblastini ham okkupatsiya qilişdi, endi u yana bizga qaytdi. Biz Qora dengizni qamaldan xalos etdik, bizda endi ğalla yölagi bor, Rossiya flotining köplab kemalarini çöktirdik, — dedi Zelenskiy. — Biz bu işlarni ikki yil içida amalga oşirdik. Ha, ötgan yil biz uçun köp narsalarda murakkab böldi, lekin… qilingan işlarga qarab, yaxşi işlarni amalga oşira oldik, deb öylayman».
«Yaxşi işlar»ga qaramasdan Zelenskiy baribir Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga çiqardi va uning örniga general-polkovnik Oleksandr Sirskiyni tayinladi.
Fox News jurnalisti buning sababini söragan.
Zelenskiy Zalujniyning işlari uçun taşakkur bildirib, bu özgarişlar zaruriyat ekanini ta’kidlagan.
«Biz yanada tezkorroq bölişimiz kerak, — degan Zelenskiy. — Bu esa bizda mavjud byurokratiyadan xalos bölişni taqozo etadi. Aks holda bizda heç qanday imkoniyat qolmaydi. Texnologik jihatdan aqlliroq böliş kerak va albatta tezroq ham».
Bu muzokara emas
«Tanqidçilar fikriça, siz hokimiyatda qoliş vajidan uruş tezroq yakunlanişi uçun muzokaralar stoliga ötirişga şoşilmayapsiz», — degan Bret Bayyer.
Volodimir Zelenskiy uh tortgan.
Muzokaralar mavzusi yöq joydan paydo bölgani yöq. Vladimir Putin yaqinda bergan intervyusida Rossiya «heç qaçon muzokaralarni rad etmagani», ularni ötkazişga Zelenskiyning Putin bilan muzokaralar olib borişni taqiqlovçi farmoni xalaqit berayotganini ta’kidlagan.
Zelenskiy siyosat haqida gapirişni köp ham istamasligi, uruşda sodir bölayotgan voqealar muhimroq ekanini aytdi. Foto: FOX NEWS
Ukraina agar uruş bölmaganida prezidentlik saylovlari arafasida turgan bölişi ham olovga yoğ sepadi. Zelenskiy prezident etib saylanişidan ança avval qabul qilingan qonunga köra, uruş vaqtida saylovlar ötkazilişi mumkin emas. Bayyer Zelenskiyga Ğarbni bu taşvişga solayotganini ham aytgan.
Ğarb davlatlari uçun saylov — demokratiyaning ajralmas unsuri. Ayrimlarning fikriça, özining demokratik dunyo bilan umumiyligini ta’kidlab kelayotgan Ukraina esa bu saylovlarni ötkazişga imkoniyat topişi kerak.
«Men çindan ham siyosat haqida gapirişni istamayman, çunki uruşda sodir bölayotgan voqealar muhimroq», — degan Zelenskiy. U yana bir bor uruş vaqtida ovoz berişni taqiqlovçi qonunga işora qilgan.
Agar saylovlar ötkazilgan taqdirda ham Ukraina amaldagi prezidentining taşvişlanişiga hojat yöq: hozir uni ma’qullovçilar reytingi 70 foizga teng.
«Agar hozir saylov ötkazilsa, men ğalaba qozonar edim», — degan Zelenskiy öz reytingiga işora qilib. Şundan söng yana muzokaralar haqidagi savolga qaytgan.
«Bizning odamlarimizni yançayotgan tanklar bilan muzokaralar muzokara emas, — degan Zelenskiy. — Makron va Şols uruşgaça Putin bilan gaplaşib körişdi. Putin öşanda heç qanaqa bostirib kiriş bölmasligiga ularni işontirgan. Binobarin, u nimaiki demasin, unga işoniş kerak emas».
«Uruş qaçon tugaşini ukrainlardan söraşingiz u qadar adolatdan emas, — deya qöşimça qilgan Zelenskiy. — Biz uruş tugaşi uçun qölimizdan kelganini qilyapmiz. Keling, oçiqça gaplaşaylik: dunyo Putinning mağlub bölişiga u qadar tayyor emas. Dunyo Rossiyadagi özgarişlardan qörqadi. Dunyo Putin barça qizil çiziqlarni bosib ötgani, u butun dunyoga tahdid soluvçi noadekvat odam ekani, uning boş rejasi — NATOni parçalaş ekanini anglaganida uruş ham tugaydi».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi