Lisenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilindi
Prezident farmoniga ko‘ra, 1 martdan 7 ta turdagi ruxsatnomalar to‘liq bekor qilindi, 12 turdagisi birlashtirish yo‘li bilan bekor etildi, 3 turdagisi esa xabar berish tartibi bilan almashtirildi.
«Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni bilan 2024 yil 1 martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilindi:
Shuningdek, 2024 yil 1 martdan:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llangan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;
- litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
- tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.
2024 yil 1 martdan 2025 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
Mavzuga oid

12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

18:33 / 18.04.2025