13:13 / 16.03.2024
2819

32 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga ko‘paygani aytildi

O‘zbekistonda 32 yil ichida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2193 taga ko‘paygan.

Foto: iStock

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 750 tani tashkil etgan.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 1991-1992-o‘quv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.    

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni:

  • 1991-1992-o‘quv yili boshiga – 8 557 ta;
  • 2000-2001-o‘quv yili boshiga – 9 726 ta;
  • 2010-2011-o‘quv yili boshiga – 9 806 ta;
  • 2021-2022-o‘quv yili boshiga – 10 289 ta;
  • 2023-2024-o‘quv yili boshiga – 10 750 ta.
Mavzuga oid
Top