Oziq-ovqat bilan boğliq vaziyat Ğazo sektorining har ikkinçi aholisi yoki 1,1 million kişi uçun «falokatli». BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) 18 mart, duşanba kuni uşbu bahoni taqdim etdi. Agar biror çora körilmasa, may oyigaça Ğazo sektorining şimolida oçarçilik bölişi muqarrar, deya ma’lum qildi jahon taşkiloti.
Ğazo sektori aholisi oziq-ovqat zaxiralarini tugatdi, deya ta’kidladi FAO. Mintaqada töyib ovqatlanmaslik va ölim «keskin oşadi», deya xavotirlanyapti ekspertlar. Ularga köra, gumanitar taşkilotlarga zarar körgan hududlarga tösiqsiz kiriş imkoni berilsa, oçarçilikning oldini oliş mumkin.
2023 yil dekabrida FAO Ğazo sektorining şimolida keyingi olti oy içida oçarçilik xavfini «ehtimoliy» deb hisoblagandi, biroq bu ijtimoiy ofat muqarrar ekanligini bildirmagan. Taşkilotning bahosi oziq-ovqat xavfsizligi integratsiyalaşgan bosqiç tasnifiga (IPC) asoslanadi.
YeI diplomatiyasi rahbari: Ğazo qabristonga aylandi
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyatdan xavotir bildirdi. HAMAS harakatining hujumiga javoban Isroil harbiy operatsiyasidan oldin, bu mintaqa «eng katta oçiq qamoqxona edi, hozir esa eng katta oçiq qabriston», dedi YeI diplomatiyasi rahbari. Borrel Isroilni oçlikdan qurol sifatida foydalanganlikda aybladi va Benyamin Netanyahu hukumati insonparvarlik yordamlarining qirğoq sektoriga yetib borişiga ruxsat bermayotganiga diqqat qaratdi.
Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining tanqidini rad etdi. Kats Borrelni «Isroilga hujum qilişni töxtatişga va HAMAS jinoyatlaridan özimizni himoya qiliş huquqini tan olişga» çaqirdi. «Isroil Ğazo sektoriga quruqlik, havo va dengiz orqali yordam berişni istagan har bir kişiga keng kölamli gumanitar yordam körsatişga ruxsat beradi», deb ta’kidladi taşqi işlar vaziri.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.













