Arab davlatlari ligasi (ADL) va Islom hamkorlik taşkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Isroilni Ğazo sektori, Ğarbiy sohil, Şarqiy Quddus va Jölan tepaliklaridan çiqib ketişga çaqirdi. 11 noyabr, duşanba kuni Saudiya Arabistonida bölib ötgan sammit iştirokçilari 1967 yil 4 iyunda belgilab olingan çegaralarni hurmat qiliş muhimligini ta’kidlab, bunday harakat mintaqada «adolatli va keng qamrovli tinçlik» örnatilişiga hissa qöşişini bildirdi.

Yakuniy deklaratsiya, şuningdek, Falastin hududlari – Ğazo sektori va Ğarbiy sohilni poytaxti Şarqiy Quddusda joylaşgan yagona Falastin davlatiga birlaştirişga çaqiradi. Bundan taşqari, ADL va IHT davlatlari rahbarlari xalqaro hamjamiyatni Isroilga qurol-yaroğ va öq-dorilar eksportini taqiqlaşga çaqirdi.

Sammit Yaqin Şarqdagi vaziyatning yomonlaşuvi fonida Ar-Riyod tomonidan taşkil etilgan. Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik taşkilotiga ham Isroil davlatini tan oladigan, ham uning mintaqaviy integratsiyasini qat’iyan rad etuvçi davlatlar kiradi.

Jölan mojarosi

Jölan tepaliklari ön yillar davomida Yaqin Şarqdagi bahsli hudud bölib qolmoqda. Isroil 1967 yilda arab davlatlari koalitsiyasiga qarşi Olti kunlik uruş paytida Jölan tepaliklarining muhim qismini egallab oldi va 1981 yilda uni anneksiya qildi. AQŞ 2019 yilda Jölan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olgan yagona davlatga aylandi.

Yaqin Şarqda mojaroning kuçayişi

Yaqin Şarqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda keskin yomonlaşdi. Hamas harakati Isroilga qarşi keng kölamli hujum uyuştirdi. Terrorçilar Isroilga yirik raketa hujumi uyuştirdi, uning hududiga bostirib kirdi, natijada 1200 ga yaqin kişi halok böldi. Şuningdek, jangçilar 250 ga yaqin odamni garovga olib, Ğazo sektoriga olib ketişgan. Keyinçalik garovga olinganlarning bir qismi almaştirildi yoki ozod qilindi, ba’zilari esa vafot etdi.

Isroil bunga javoban Hamasga qarşi uruş e’lon qildi. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, quruqlikdagi operatsiya va Ğazo sektorini bombardimon qiliş natijasida 43 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan. Falastinlik jangçilarni Livanning «Hizbulloh» harakati qöllab-quvvatlagan. «Hizbulloh» muntazam ravişda Livandan Isroilga qarata öt oçyapti. Isroil armiyasi Livan janubida unga qarşi harbiy operatsiya ötkazmoqda.