Kun.uz’ning Hindiston ekologiyasiga bağişlangan örganişlari dunyoning yana bir havosi eng ifloslangan yirik megapolisi – Kalkuttada davom etadi. Bu gal Dehli va Mumbaydan farqli ölaroq, Kalkuttadagi tabiiy holat buzilişining boşqa omillariga ham töxtalamiz.

Bir neça haftadirki, Hindistondagi ekologik vaziyat böyiça örganişlarimizni köp qismli maqolalarimiz orqali sizlar bilan bölişib kelyapmiz. Turli şaharlardagi tabiiy holatning buzilişiga kömirda işlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, tirbandliklarda karrasiga oşadigan avtomobil tutunlari, soxta, sifatsiz yonilğilar, qurilişlardan kötarilayotgan çanglar, sement zavodlari, aholida çiqindi taşlaş madaniyatining yöqligi, öz holiga taşlab qöyilgan sanoat korxonalari çiqarayotgan karbonat angidrid, işlov berilgan sigir göngi yoqilğisi kabi biomassalar va hatto şovqindan ham zararlaniş holatlari sabab bölayotganini raqamlar, tasvirlar orqali körsatib berdik.

Sanab ötilgan aksar omillar poytaxtimiz Toşkent va qolgan hududlardagi havo ifloslanişining kelib çiqişiga juda mos kelişini ham inkor qila olmaymiz, töğrimi? Hindistonning 3-yirik şahri Kalkutta ham bu sabablardan xoli emas. Bugun gapni çözib, yana şu omillarga töxtalib ötirmoqçi emasmiz. Çunki Kalkuttada bularga qöşimça tabiiy holatni buzib, atrof-muhitga zarar keltirayotgan boşqa uluşdorlar ham bor.

“Oçiq osmon ostidagi muzey” – Kalkutta

Turli rusumdagi jimjimador bezatilgan bu eski avtobuslarning bunçalik köpligini körib, göyo Hindistonning foydalaniş muddati tugagan butun jamoat transportlari Kalkuttaga olib kelingandek tasavvur uyğonadi kişida. Bu şaharga “oçiq osmon ostidagi retro avtobuslar muzeyi” maqomini ham heç ikkilanmay beriş mumkin.

Yoki “harakatdagi toza havo kuşandalari” salbiy maqomini ham şu avtobuslar uçun qöllasa böladi. Çunki Kalkuttadagi minglab bunday eski avtobuslardan atrofga çiqayotgan zaharli gazlar yiğilib borib, butun şahar ekologiyasiga salbiy hissasini qöşayotganini yuqorida aytib ötdik. Albatta, faqat bu turdagi jamoat transportlarini aybdor qiliş fikridan yiroqmiz. Ularga yana bir “kömakçi” bor. Bu – Ambassador taksilari.