Hindiston öz kosmonavtini 2040 yilga borib Oyga qöndirişga möljallangan kosmik dasturni yaratdi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkiloti (ISRO) raisi Şridxara Somanatx ma’lum qildi.
«Mustaqilligimizning 100 yilligini nişonlayotgan vaqtimizda Oyda Hindiston bayroği hilpirayotgan böladi. Bizning odamimiz u yerga borib, bayroqni örnatadi va muvaffaqiyatli qaytib keladi. Bu 2040 yilda sodir böladi», — deydi Somanatx.
Uning sözlariga köra, mazkur yöl xaritasi doirasida Hindiston 10 yildan keyin özining kosmik stansiyasini qurişni rejalaştirmoqda. 2028 yilda uçiriladigan kosmik stansiya moduli stansiyani töliq işga tuşirişga zamin yaratadi.
Joriy yilning oktyabrida ISRO Venera sayyorasini örganişga oid rejalarini e’lon qilgandi. Unga köra, Shukrayan-1 nomini olgan missiya 2028 yilning 29 mart kuni start oladi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning yozida Hindiston Oyga kosmik kemasini muvaffaqiyatli uçirgan edi. Hindiston kosmik dasturi 1960 yillardan beri mavjud. Dastlab koinotga sun’iy yöldoşlarni uçirişga e’tibor qaratildi. Mamlakat endi öz oldiga yanada ulkan maqsadlarni qöymoqda.












