Ğazoda halok bölgan talabalar, Netanyahuni koyigan Bayden va yangi pandemiya xavfi - kun dayjesti
|18:48 / 05.04.202413 1839 min
Şu soatgaça dunyoda sodir bölgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning qisqaça şarhi bilan an’anaviy tarzda taniştirib borişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Ğazoda davom etayotgan qirğinbarot uruş yoşlarning ta’lim olişiga ham nuqta qöygan. 7 oktyabrdan buyon Ğazo sektori va Ördun daryosining ğarbiy sohilida 6050 nafar falastinlik talaba halok bölgani ma’lum qilinmoqda. 10 mingdan ziyod talaba yarador qilingan, ğarbiy sohilda 105 nafar talaba Isroil kuçlari tomonidan hibsga olingan.
Ğazo sektorida 266 nafar öqituvçi öldirilgan, mingga yaqin öqituvçilar yarador bölgan. Ğarbiy sohilda 6 nafar öqituvçi yaralangan, 73 nafari esa hibsga olingan.
Isroil armiyasi Ğazo sektorida 351 ta maktabni bombardimon qilgan, ularning 40 tasi butunlay vayron bölgan, 111 tasiga jiddiy ziyon yetgan.
Gödaklar qabristoniga aylantirilgan Ğazo böyiça ayrim ayançli raqamlarni yana yodga olamiz.
2019 yildan 2022 yilgaça jahondagi barça harbiy mojarolarda 12 ming 193 nafar yoş bola öldirilgan bölsa, birgina ötgan yilning 7 oktyabridan buyon Ğazoda öldirilgan gödaklar soni 12 ming 300 nafardan oşgan.
Ğazo şimolidagi ikki yoşgaça bölgan har uçinçi bola oçlikdan sillasi qurigan. Britaniyada joylaşgan Save the Children xayriya taşkiloti Ğazoda 27 nafar bola oçlikdan ölganini aniqlagan.
Global Nutrition Cluster xayriya taşkiloti ma’lumotlariga köra, Ğazodagi 5 yoşgaça bölgan 346 ming bola töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekmoqda.
AQŞ Isroilni koyib qöydi
AQŞ prezidenti Jo Bayden va Isroil boş vaziri telefonda yarim soat gaplaşişgan. Suhbat asnosida Bayden Ğazo sektorida zudlik bilan öt oçişni töxtatişni talab qilgan.
«Biz yaqin kunlar va soatlarda Isroilning pozitsiyasida özgariş bölganiga guvoh bölişni kutmoqdamiz. Aks holda bizning Isroilga nisbatan siyosatimiz özgaradi», — deya Baydendan iqtibos keltirmoqda AQŞ Davlat departamenti.
«Prezident AQŞning Ğazo böyiça siyosati Isroilning bu boradagi zudlik bilan amalga oşirgan işlariga qarab belgilanişini aniq tuşuntirib qöydi. U öt oçişni zudlik bilan töxtatiş humanitar vaziyatni yaxşilaş va aybsiz tinç aholini himoya qiliş zarurligini ta’kidladi va Netanyahuni öz muzokaraçilariga garovda uşlab turilganlarni kuttirmasdan uyga qaytariş uçun vakolatlar berişga çaqirdi», — deyiladi Oq uy bayonotida.
Mavzuga oid
Oq uy vakili bu holatda Isroil sanab ötilgan harakatlarni amalga oşirmasa unga qanday çoralar körilişi, tahdidlar AQŞning Isroilga harbiy yordami töxtatilişini anglatişi mumkin yoki mumkinmasligi töğrisidagi savolga javob bermagan.
NATOning bayonotlari
NATO Rossiya-Ukraina uruşida mojaro tomonlaridan biri emas va unday bölmoqçi ham emas, degan alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg va Ukrainaga qurol-yaroğ jönatişga çorlagan.
«NATO — mojaro tomoni emas, unday bölmaydi ham. NATO Ukrainaga mudofaaga yordam bermoqda. Hozir bizda Ukrainaga qöşin jönatiş rejasi yöq, bunday sörov Ukrainadan ham tuşgan emas», — degan Stoltenberg.
Yyens Stoltenberg Ukrainadagi uruş ikki xil ssenariy böyiça rivojlanişi mumkinligi sanab ötgan.
«Jang maydonidagi vaziyat jiddiy. Hozir ikkita ehtimolli ssenariy bor: NATO köproq yordam töplaşi va Ukraina köproq hududlarini qaytarib olişi mumkin yoki ikkinçi ssenariyga köra, biz bunday qila olmasak Rossiya yanada köproq hududlarni işğol qilişi va biz hozirgidanda murakkab vaziyatda qolişimiz mumkin», — degan boş kotib.
Stoltenbergning qayd etişiça, faqatgina kuçli ukrain armiyasi ikki davlat örtasidagi uzoq muddatli tinçlikning kafolati böla oladi: «Buning uçun Ukraina kuçli qurolli kuçlariga ega bölişi va Rossiya jang maydonida yenga olmasligi kerak».
Bloomberg naşrining yozişiça, NATO böyiça ittifoqçilar Ukrainaga 100 mlrd dollar yordam berişga çaqirişmoqda.
Naşrga köra, mudofaa vazirlari NATOning uşbu taşabbusi ikkitomonlama yordam va Yevropa Ittifoqi bilan raqobat qilmasligi, alohida bölişi lozimligini ta’kidlaşgan. Şuningdek, alyans Ukrainaga özi bajarişga qiynaladigan va’dalar bermasligi lozimligi qayd etilgan.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Şepps NATO böyiça ittifoqçilarni mudofaa uçun xarajatlarni oşirişga va Yevropa «uruşoldi holati»da ekanini tan olişga çaqirgan.
NATOning 75 yilligiga atab The Telegraph naşrida e’lon qilingan maqolasida u öz yalpi içki mahsulotining 2 foizini sarflamayotgan mamlakatlarni «Ğarbning kelajagini rus ruletkasiga tikayotganlar» deb atagan. .
Polşa prezidenti Anjyey Duda NATO davlatlari yetakçilariga xat jönatib, mudofaa uçun xarajatlarni yalpi içki mahsulotning 2 foizidan 3 foizigaça kötarişni taklif etgan. U bu qadam Rossiyaga qarşi turiş uçun muhim çora ekanini tuşuntirgan.
Ukrainaning NATOga a’zo bölişi Uçinçi jahon urişini keltirib çiqarişi muqarrar, biroq Ğarb davlatlari Putin rejimini çilparçin qiladi, deb yozgan The Sun gazetasi. Naşr keltirgan infografikaga köra, NATOning qurol-yaroğ, harbiy texnika va raketalar böyiça arsenali Rossiyanikidan örtaça 5 barobar köproq.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivanning ta’kidlaşiça, agar Ukrainaga nihoyatda katta harbiy yordam körsatiladigan bölsa Rossiya birinçi bölib AQŞga yadroviy zarba beradi. Ğarb tomonining ikkilanişlarining boş sababi şu bölsa ne ajab? Putinga farqi yöq, çindan ham.
Ukrainadagi uruş
Rossiya may-iyun oylarida yana oldinga ötişga tayyorlanmoqda va butun yoz faslida qarşi hujum bilan maşğul böladi.
«Okkupantlar Vuhledar va Çasiv Yar yönalişlarida oldinga siljişga urinib, Kramatorsk va Slovyanskkaça borişni rejalaştirişgan», — dedi Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş markazi rahbari, leytenant Andriy Kovalenko.
Kovalenkoning qayd etişiça, kutilayotgan qarşi hujumlarni oldindan taxmin qilsa böladi, şuning uçun sarosimaga aslo hojat yöq.
Leytenant şuningdek, Rossiya armiyasi 350 ming qöşin bilan Xarkivga hujum qilişi mumkinligi töğrisidagi xabarlarni feyk deb atagan va Rossiyada bunça ortiqça qöşin yöqligiga urğu bergan.
The Washington Post gazetasining yozişiça, mart oyida Rossiyaning Ukrainaga qilgan raketa va dron hujumlari Ukrainadagi issiqlik elektr stansiyalarining 80 foiz quvvatiga zarar yetkazgan. Jurnalistlarning qayd etişiça, ularni tiklaş uçun uzoq oylar kerak böladi.
Rossiyaning havodan hujumlari juda katta zarar yetkazmoqda, çunki Ukraina qurolli kuçlari butun front çiziği böylab yetarli havo hujumidan mudofaa tizimlariga ega emas.
Şu sababli Germaniya Ukraina uçun butun dunyodan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini axtara boşlagan. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba aytib ötgan.
Unga köra, Germaniya havo hujumidan mudofaa tizimini nafaqat ittifoqçilardan, butun dunyodan qidirmoqda.
Yangi pandemiya xavfi
Parranda grippi pandemiyasi Kovidga nisbatan 100 barobar xavfli bölişi va virus yuqtirganlarning teng yarmini öldirişi mumkin, deb yozadi Daily Mail naşri.
Virusologlarning ma’lumotlariga köra, sigirlar, itlar va muşuklar kabi sut emizuvçilarda va insonlarda H5N1 virusi yuqtirişning köplab holatlari virusning mutatsiyaga uçraşi va yuquvçanligi oşişi mumkinligini körsatmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti parranda grippidan ölim darajasini 52 foizga baholamoqda. Bunga asos ham bor: virus aniqlangan 2003 yildan buyon uni yuqtirib olgan 887 insondan 462 nafari ölgan.
Taqqoslaş uçun: ayni paytda koronavirus yuqtirib olgan insonlarning har mingtasidan bittasi vafot etmoqda. Garçi, pandemiya boşida bu körsatkiç 20 foizga teng bölgan.
Möğulistonda vaziyat oğir
Möğuliston sönggi yarim asrda öta oğir qişni boşdan keçirmoqda. Mamlakatda har doimgidan uç-tört barobar ziyod qor yoğgan. Sovuq ob-havo şaroitlari va hali erişga ulgurmagan qalin qor umrguzaronligi çorva bilan boğliq 3 milliondan ortiq insonning hayotiga tahdid solmoqda.
Mamlakat hududining 90 foizi dzud deb ataluvçi balo ta’siri ostida qolgan. Dzud — qurğoqçil kelgan yozdan söng qişda kuçli qor va sovuq tuşişidir. Buning oqibatida qişda yoğ qatlamlarini tezda sarflab bölgan çorva yemiş yöqligidan qirilib ketadi.
Ayni paytda Möğulistonda 4,7 million boş çorva qişdan omon çiqmagan. Çorvaçilik bilan şuğullanadigan oilalarning 70 foizi kasod böliş yoqasiga kelib qolgan.