Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda misni qayta ishlash loyihasini amalga oshiradi
Farg‘ona viloyati hokimligi, Bahra Electrics kompaniyasi hamda Kuvaytning Energy Solutions kompaniyalari o‘rtasida viloyat hududida misni chuqur qayta ishlash hamda elektr kabellari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona delegatsiyasining Kuvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jidda shahrida Bahra Electrics kompaniyasi rahbari Fahed Talal Idris bilan uchrashuv o‘tkazilib, Farg‘onada yirik ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
O‘zbekistonda arzon va yetarli xomashyo mavjudligini qayd etgan Xayrulla Bozorov, investorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari, bozor imkoniyatlari, qo‘shni davlatlarga logistika va eksport qulayliklariga to‘xtalib o‘tdi.
Viloyat hokimi Turkiyadan mis xomashyosini sotib olayotganini qayd etgan Fahed Talal Idrisga, O‘zbekistonda mis ishlab chiqarish hajmi yuqori ekani, respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani, bu yo‘nalishda ish olib borayotgan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirdi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimligi, Bahra Electrics kompaniyasi hamda Kuvaytning Energy Solutions kompaniyalari o‘rtasida viloyat hududida misni chuqur qayta ishlash hamda elektr kabellari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi imzolandi.
Bu loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025