AQŞ prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda qirollikning amaldagi rahbari, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon bilan uçraşdi. Yaqin kunlarda u Yaqin Şarqning yana ikki davlati – Qatar va BAAga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Bu uning yangi prezidentlik muddati boşlanganidan beri birinçi rasmiy xorijiy taşrifidir.

Tramp va bin Salmonning birinçi uçraşuvidan olingan suratlarda ular Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi aeroportda Saudiya qirollik oilasi a’zolarining portretlari yonida birga ötirişgan. Uçraşuvda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ham iştirok etmoqda.

Donald Tramp Ar-Riyodda bugun va ertangi kunning bir qismini ötkazişni rejalaştirmoqda. AQŞ prezidenti bin Salmon bilan uçraşuvdan söng Citigroup, IBM, Qualcomm, Alphabet va Franklin Templeton kompaniyalari rahbarlari ham iştirok etadigan Saudiya Arabistoni-Amerika investitsiya forumida qatnaşmoqçi. Keyinroq u Fors körfazi mamlakatlari yetakçilari sammitiga taşrif buyuradi.

Çorşanba kuni sammitdan söng AQŞ prezidenti Qatarga jönab ketişi közda tutilgan. U juma kuni Birlaşgan Arab Amirliklariga taşrif buyurib, Yaqin Şarq böylab safarini yakunlaydi.

Duşanba kuni Tramp 15 may, payşanba kuni Rossiya-Ukraina tinçlik muzokaralari bölib ötişi kutilayotgan Istanbulga borişini ham istisno qilmasligini aytdi.

Bunday uçraşuv taşabbusi Rossiya tomonidan bildirildi, biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy şaxsan Turkiyaga borişini va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutişini ma’lum qildi. Kreml Putinning iştirokini istisno etmagan, lekin hozirça bunday muzokaralar bölib ötadimi yoki yöqmi va ular qanday formatda ötkazilişi mumkinligi aniq emas.

Tramp bilan birga AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff va mudofaa vaziri Pit Hegset ham Yaqin Şarqqa yöl oldi.

BBC muxbirlari xabar berişiça, Trampning Yaqin Şarqqa safaridan asosiy maqsad — AQŞga qöşimça sarmoyalarni jalb qilişdir.

Bu Trampga öz saylovçilariga uning «Birinçi navbatda Amerika» mafkurasi aniq natijalar berayotganini körsatişga yordam beradi.

AQŞ prezidentining taşrifi Tramp dunyoning barça mamlakatlariga e’lon qilgan savdo uruşi fonida bölib ötmoqda. Oq uy tomonidan kiritilgan import bojlari jahon savdosini sezilarli darajada izdan çiqardi va AQŞ iqtisodiyotining öziga salbiy ta’sir körsatdi.

Trampning Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga safari uning yangi prezidentlik muddati boşlanganidan beri birinçi rasmiy xorijiy taşrifi böldi.

Aprel oyi oxirida Tramp Rim papasi Fransiskning dafn marosimi munosabati bilan Italiyaga kelgan, biroq bu safar oldindan rejalaştirilmagan edi.

Saudiya Arabistoni Tramp avvalgi prezidentlik davrida taşrif buyurgan birinçi davlat bölgandi.

Bungaça AQŞ prezidentlari birinçi navbatda Kanada yoki Meksika kabi asosiy ittifoqçilarga taşrif buyurişi an’ana tusini olgandi.