O‘zbekiston | 08:35 / 04.05.2024
2940
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Andijon aeroportini rekonstruksiya qilish va boshqarishga qiziqish bildirmoqda

Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va kelgusida boshqarishga qiziqish bildirdi.

Foto: Transport vazirligi

III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida transport vaziri Ilhom Mahkamov Vision Invest kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) rahbari Omar al-Midani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda transport infratuzilmasi loyihalarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish va bu boradagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vision Invest kompaniyasi Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, o‘z mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilish va uni kelajakda boshqarish istagini bildirdi.

Muzokaralar natijasida investor olti oygacha muddatda o‘rganishlar olib borishi va loyiha takliflarini tayyorlashi bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.

Mavzuga oid