Ma’lum qilinişiça, Andijon şahridagi parhez taomlar oşxonasida oşpaz bölib işlovçi Z.M. özining foydalanuvida bölgan telefon apparati yordamida Instagram, Telegram, WhatsApp tarmoqlarida profillar oçib, ular orqali diniy-ekstremistik taşkilotlarning «hijrat» va «jihod» töğrisidagi materiallarini tinglab, tomoşa qilgan.

Şuningdek, u Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» hamda «Ğuroba katibasi» terroristik taşkilotlari safida bölgan andijonlik uç nafar fuqaro bilan 2023 yilning may oyidan muloqotga kirişib, ularning ta’sirida Suriyaga ketişni maqsad qilgan. Lekin oilaviy muammolar sababli rejasini amalga oşirolmagan.

Bundan taşqari, 2023 yilning avgust-dekabr oylari davomida uşbu fuqarolarning oila a’zolari va tanişlari bergan jami 7150 AQŞ dollari hamda 41 million 230 ming söm pul mablağini mobil ilovalardan foydalangan holda, kriptovaluta bilan şuğullanuvçi şaxslarning hisobraqamlariga ötkaziş orqali ularga yetkazib bergan. Ya’ni ular uşbu pul mablağlarini kriptovaluta bilan şuğullanuvçi şaxslardan özlari uçun zarur bölgan xorijiy valuta körinişida qabul qilib olgan.

Şu bilan birgalikda, Z.M. ulardan birining şar’iy nikohdagi turmuş örtoği bölgan, Toşkent şahrida yaşovçi ayolni 2023 yilning 19 dekabr kuni «Döstlik» çegara ötkaziş punkti orqali Qirğizistonga ötkazib, kelgusida Turkiya orqali Suriya davlatiga yetib borişi uçun Öş şahridagi aeroportga kuzatib qöygan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Z.M.ning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ta’kidlanişiça, Suriyadagi uç nafar andijonlikdan biri qurolli töqnaşuvlarda halok bölgan.