Ğazodagi vaziyat
HAMAS Misr va Qatar tomonidan taklif etilgan, Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça bitim şartlarini qabul qilgan, deb xabar beradi Associated Press. Bu haqda HAMAS yetakçisi Ismoil Haniya Qatar boş vaziri va Misr razvedkasi rahbariga telefon orqali ma’lumot bergan.
HAMAS raisining Ğazodagi örinbosari Xalil Al-Hayyaga köra, vositaçilar tomonidan taklif etilgan bitim har biri 42 kunlik uçta bosqiçdan iborat böladi. Taklif Ğazo sektoridan qöşinlarni töliq olib çiqiş, majburan köçirilganlarni turar joylariga qaytariş va asir almaşinuvini qamrab olgan.
Birinçi bosqiçda Isroil okkupantlari Ğazo sektorining içidagi çegaraga yondoş hududlarga çiqib ketadi. Şu bosqiçda majburan köçirilganlar öz turar joylariga qaytişadi va bir neça asirlar almaşiladi.
Ikkinçi bosqiçda harbiy va duşmanlik harakatlari doimiy töxtatilişi e’lon qilinadi.
«Biz vositaçilarimizga öt oçişni töliq töxtatiş taklifi böyiça öz pozitsiyamiz haqida ma’lumot berib böldik. Vositaçilar bitimni amalga oşirişni aniq qöllab-quvvatlayotganini xabar qilişdi. Töp endi Isroil tomoniga uzatildi», — degan Xalil Al-Hayya.
Isroil tomoni rasman izoh bermagan. Biroq Isroil mulozimlaridan biri Reuters agentligiga HAMAS Misrning Isroil uçun nomaqbul bölgan yumşatilgan taklifini qabul qilganini aytgan.
«Aftidan, bu Isroilni har qanday bitimni rad etuvçi tomon qilib körsatişga yönaltirilgan hiylaga öxşamoqda», — degan nomini oşkor etmagan mulozim.
Isroil armiyasi radiosi «HAMAS tomonidan ma’qullangan öt oçişni töxtatiş töğrisidagi taklif hali Isroil tomonidan ma’qullanmagan»ini ta’kidlagan.
Isroil armiyasi esa «Biz garovga olingan insonlarni qaytariş uçun berilayotgan takliflarning har birini harbiy bosimni töxtatmagan holda örganib çiqişga tayyormiz», deya bayonot bergan.
Isroil Milliy xavfsizlik vaziri, radikal ultraöng millatçi Itamar Ben-Gvir: «Rafahni zudlik bilan egallab olişimiz kerak, aks holda bizga bosim ortib boraveradi», — degan.
Ğazoda HAMASga nisbatan yerusti operatsiyasi ötkazayotgan Isroil avval Rafah şahridan 100 mingdan ziyod falastinliklarni qamrab oluvçi evakuatsiyaga çaqirgan edi. Duşanba kuni Isroil hukumati tinç aholini şahardan 20 km uzoqlikdagi kengaytirilgan humanitar zonaga köçişga çorlagan edi.











