Ötgan kun davomida jahon sahnasida sodir bölgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Ğazoda BMT xodimi öldirildi. BMT yozuvi va bayroği tasviri tuşirilgan avtomobil Isroil kuçlari tomonidan öqqa tutilgan. Qöriqlaş va xavfsizlik departamentining bir nafar xodimi ölgan, ikkinçisi oğir yarador bölgan. Avtomobil Rafah şahridagi Yevropa şifoxonasiga ketayotgan bölgan.
BMT ma’lumotlariga köra, 2023 yilning 7 oktyabridan buyon Ğazoda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 196 nafar xodimi Isroil qurolli kuçlari tomonidan öldirilgan.
Isroilliklar Falastindan farqli ölaroq özini davlat sifatida tan olgan BMTni nazar pisand etmaydi.
Turkiya va boşqa musulmon davlatlari tomonidan Ğazo sektoridagi falastinliklar uçun yuborilgan insonparvarlik yordamiga millatçi isroilliklar hujum qilib, «Hammasi ğalaba uçun!», «BMT zaiflar uçun!» degan hayqiriqlar ostida yordam paketlarini yaroqsiz holga keltirişmoqda.
Sderot şahrida ultraöng millatçi yahudiy aktivistlari Ğazoda yahudiy manzilgohlari barpo etişni talab qilib namoyiş ötkazişgan.
Isroil tanklari Rafahning şarqiy qismidagi aholi yaşaş joylariga bostirib kirgani ma’lum böldi. Reuters xabariga köra, şahar köçalarida allaqaçon töqnaşuvlar boşlangan.
Guvohlarga köra, Isroil Rafahdagi bir qança binolarni bombardimon qilganidan söng şaharning şarqiy qismida portlaşlar eşitilmoqda, tutun körinmoqda.
Reuters ma’lumotlariga köra, 6 maydan beri Rafahni 450 mingga yaqin odam tark etgan. Ulardan ba’zilari Al-Mavasiy hududiga - qumli sohilga köçib ötgan. Ta’kidlanişiça, u yerda sanitariya va boşqa normal hayot uçun zarur bölgan infratuzilma mavjud emas.
Avvalroq Ğazoning faol janglar ketayotgan şimoliy tumanlaridan bir millionga yaqin qoçqin Rafahga evakuatsiya qilingan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroilning Ğazodagi xatti-harakatlarini Hitlerning jinoyatlari bilan tenglaştirgan.
«Ğazo biz misolini hitlerçilar Germaniyasida körgan ulkan ölim konslageriga aylandi», — degan Erdöğan Istanbulda oçilgan butunjahon islom olimlari maslahatlaşuv sammitida.












