O‘zbekiston | 17:58 / 19.05.2024
20095
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 6 ta tumanida ayrim joylarda bir yarim kun ichimlik suv bo‘lmaydi

«Toshkent shahar suv ta’minoti» suvsiz qoladigan manzillar ro‘yxatini e’lon qilib, bu hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazilishini ma’lum qilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida bahor-yoz rejali-profilaktika ishlarini amalga oshirish jarayonida Toshkentning 6 ta tumanida ko‘plab mahallalarda 20 may soat 09:00 dan 21 may soat 21:00 gacha ichimlik suv bo‘lmaydi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» kompaniyasi suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazilishini ma’lum qilgan.

Jumladan:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

  • Chingeldi, Iqtidor, Ijodkor, Alisherobod, Geologlar, Temuriylar, Sarbon, Gulzorobod, Ko‘hna Mevazor mahallalarida, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud – tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida;

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Amir Temur, Tuzel, Vatandosh, Tong, Al-Buxoriy, Yashnobod, Navro‘zobod, Dilbog‘, Parvoz, Birlashgan, Go‘zal, Alimkent, Donishmand, Shohimardon, Xosiyatli, Shohsanam, Oydinko‘l, Yangidavr, Katta Yangiobod, Yanginur, Maxmur, Jarqo‘rg‘on, Asalobod, Beshbola, Barkamol, Beshariq, Fazogir, Muxtor Ashrafiy, Ahmad Yassaviy, Tarnovboshi, Yangi qo‘rg‘on, Nodira, Ko‘ksaroy, Do‘stobod, Iltifot, Chinor, Cho‘lpon, Shirinobod mahallalarida, 7 – sonli issiqlik qozonxonasi hamda 21 – sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limida;

Sergeli tumani bo‘yicha:

  • Uchuvchilar, Qumariq, Choshtepa, Jo‘nariq, Aviashaharcha, Nog‘oyqo‘rg‘on mahallalarida, Toshkent xalqaro aeroporti, 4-sonli avtokorxona, Maxsustrans korxonasi, Saadiy ko‘chasidagi non ishlab chiqarish sexi, 2-sonli shifoxona, Transport prokuraturasida hamda Davlat xavfsizligi xizmati omborxonasida;

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Qorasuv, Fitrat, Yangizamon, Sarako‘l, Tong yulduzi, Inoqobod, Temiryo‘lchilar, Navro‘z, Oltinko‘l, Banokatiy, Zaminobod, Istiqlolobod, Birodarlik, Furqat mahallalarida, 4 va 5-sonli shahar tug‘ruqxona majmualarida;

Yangihayot tumani bo‘yicha:

  • Yangi Choshtepa, Choshtepa mahallalarida;

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

Bobur ko‘chasi  46/1, 46/2, 46/3, 55, 57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b – sonli ko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59 – sonli ko‘p qavatli uylarda, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2g-sonli ko‘p qavatli uyda, «Toshshahargazta’minot» korxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda tuman ichki ishlar bo‘limida.

Mavzuga oid