Toşkent şahrida içimlik suvga maşina yuvgan ayol jarimaga tortildi.

Kun.uz örgangan sud qarorida keltirilişiça, 1961 yilda tuğilgan B.M. Yakkasaroy tumanidagi yaşaş xonadoni oldida özining şaxsiy maşinasini toza içimlik suvdan foydalangan holda yuvayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi Içimlik suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi xodimlari tomonidan 3,4 mln söm jarima soliş töğrisida qaror qabul qilingan.

Huquqbuzar B.M. sudga ariza kiritib, katta miqdordagi jarimani tölaşga imkoniyati yöqligini, nafaqaxörligini, qilgan xatti-harakatidan çin köngildan puşaymon ekanini bildirgan. U suddan oilaviy şaroitini inobatga olgan holda jarima miqdorini kamaytirib berişni söragan.

Sud B.M.ning harakati Jinoyat kodeksining 163-moddasi 1-qismi (vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan töğri malakalangan deb hisoblagan. Sud qarori bilan unga nisbatan tayinlangan 3,4 mln sömlik jarima özgartirilgan va ayolga qilmişi uçun BHMning 2 baravari, ya’ni 680 ming söm jarima jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 163-moddasida vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş nazarda tutilgan. Unga köra, vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) özboşimçalik bilan ulaniş hamda vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini boşqaça tarzda buziş, yer işlari va boşqa işlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qiliş qoidalarini buziş, başarti bu hol ularning şikastlanişiga sabab bölsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga oliş asboblariga şu jumladan ularning plombalariga qasddan şikast yetkaziş, xuddi şuningdek, bunday hisobga oliş asboblarining körsatkiçlarini özgartiriş maqsadida ularga taşqaridan aralaşiş fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 15 baravaridan 25 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.