Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi taktik yadro qurollari bilan mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qildi
Mashg‘ulotlar «g‘arb rasmiylarining Rossiyaga qarshi provokatsion bayonotlari va tahdidlariga javoban» o‘tkazilmoqda.
Rossiya qo‘shinlari Janubiy harbiy okrugda nostrategik yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ushbu bosqich doirasida Janubiy harbiy okrug tuzilmalari «Iskander» operativ-taktik raketa majmuasi uchun o‘q-dorilarni qabul qilish, shuningdek, raketalarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yashirin ravishda pozitsiya zonasiga o‘tish amaliyotini bajaradi.
Mashg‘ulotlar davomida Rossiya Aerokosmik kuchlarining aviatsiya qismlari o‘z navbatida «aviatsiya qurollarini» maxsus jangovar bo‘linmalar, shu jumladan «Kinjal» gipertovushli raketalari bilan jihozlashni va belgilangan patrul hududlariga uchishni mashq qiladi.
Mudofaa vazirligi o‘z bayonotida ta’kidlaganidek, mashg‘ulotlar «g‘arb rasmiylarining Rossiyaga qarshi provokatsion bayonotlari va tahdidlariga javoban» o‘tkazilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtabi 6 may kuni mashg‘ulotlarga tayyorgarlik haqida ma’lum qildi. Mashqlar davomida «nostrategik (taktik) yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash» amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
19:31 / 27.03.2026