13:53 / 22.05.2024
6001

Samarqandda 70 yoshli mast haydovchi 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Haydovchi bir yil avval ham mast holda mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati Narpay tumanida 70 yoshli fuqaro mast holda mashina boshqarib, maktab o‘quvchisini urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizaloq maktabdan qaytayotganda uni “Nexia-2” mashinasi urib yuborgan. Oqibatda o‘quvchi qiz jarohat olib, qo‘li singan. Uni operatsiya qilishgan.

Surishtiruvda aniqlanishicha, 70 yoshli erkak bir yil avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Narpay tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top