Samarqandda mast haydovçi YPX xodimiga öziga çora körmaslik evaziga pora bermoqçi bölganida uşlangan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 8 avgust kuni sodir bölgan.

Ma’lum bölişiça, viloyat IIB YHXB xodimlari Past Darğom tumani Gözalkent qörğonida xizmat vazifasini olib borayotganda 4R-46 avtomobil yölidan kelayotgan VAZ-2107 maşinasini töxtatişgan.

Haydovçining hujjatlarini közdan keçiriş jarayonida u spirtli içimlik iste’mol qilganlikda gumonlanib maxsus apparat orqali tekşirib körilgan. Şunda haydovçi mast qiluvçi içimlik içib maşina boşqarayotgani aniqlangan.

Holat böyiça haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositasi jarima maydoniga qöyilgan.

Şundan söng fuqaro maşinani jarima maydonidan çiqariş va öziga nisbatan çora körmaslik evaziga YPX xodimiga 300 dollarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX xodimining bu haqda viloyat IIB boşliği nomiga yozgan bildirgi xatiga binoan 8 avgust kuni IIV Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi Samarqand viloyati boşqarmasi hamda Past Darğom tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda haydovçi YPX xodimiga uning xizmat xonasida 3 mln 550 ming söm pullarni pora tariqasida berayotganda qölga olingan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Past Darğom tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.