O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida xalqaro bayonnoma tasdiqlandi
O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKO’ni ta’sis etish hamda faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasida 2016 yil 8 dekabrda Hamburg shahrida imzolangan O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKO’ni ta’sis etish hamda faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2023 yil 2 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
17:10 / 26.07.2024
Olimpiada ochilish kunida jinoyatchilar temiryo‘l harakatini falaj qilib qo‘ydi
21:07 / 23.07.2024
2024 yilgi Parij Olimpiadasida chiptalar savdosi bo‘yicha rekord o‘rnatildi
14:48 / 23.07.2024
Fransiya qator rossiyalik jurnalistlarni Olimpiadaga kiritmaydi
11:50 / 22.07.2024