Biroq bu Fransiyadagi ovqatlaniş stollari radioaktiv oşxona jihozlari bilan töldirilişini anglatmaydi. Kompaniya faqat “juda past faollikdagi” metallar çöyan yoki pölatga aylantirilişini ma’lum qildi. Qolgan materiallar esa yadroviy çiqindilarni qayta işlaş korxonalariga yuboriladi, deb yozadi Euronews.
Yangi qayta işlaş markazi tasdiqlangan taqdirda, u yopilgan AES yonidagi 15 gektar maydonga quriladi.
“Bu qirq yil davomida 500 ming tonna faolligi past radioaktiv metallarni qayta işlaş imkonini beradi”, — dedi Fessenhaymdagi EDF zavodining sobiq direktori Loran Jarri Fransiyaning Reporterre axborot saytiga.
Ayrimlar radioaktiv materiallar heç qaçon xavfsiz bölmasligini ta’kidlamoqda
Past faollikdagi metallar — yadro obektlari demontaj qilingaç yoki işlatilgandan söng, yoxud tabiiy radioaktiv materiallardan foydalanadigan oddiy işlab çiqariş jarayonlaridan qolgan şağal, tuproq yoki metall parçalaridir.
Bunday materiallardan qutuliş işlab çiqaruvçilar uçun doim boş oğriqqa aylanadi, çunki boşqa yeçim topilmasa, ularni uzoq muddat saqlaş uçun pul sarflaşga töğri keladi.
EDF rejalari Fransiyada birinçi marta kiritilayotgan taklif bölsa-da, Şvetsiya, Germaniya va AQŞ allaqaçon şunga öxşaş texnologiyadan foydalanib, metallarni qayta işlatiş uçun quyma holatga keltirişdan oldin ularni radioaktivlikdan “tozalaş” usulini qöllamoqda.
Ammo hamma ham radioaktiv materiallarga ikkinçi hayot beriş ğoyasini qöllab-quvvatlamaydi. Şu sababli jamoatçilik hozirdan boşlab 2025 yil fevraligaça loyihaga ovoz berişi mumkin.
Yadroga qarşi energetika tarafdorlarining ta’kidlaşiça, radioaktivlikning xavfsiz çegarasi yöq va hatto eng past doza ham inson salomatligi uçun xavf tuğdiradi, masalan, saratonning ba’zi turlari rivojlaniş xavfini oşiradi.
Şu sababli qayta işlaş zavodini işga tuşiriş uçun Fransiya soğliqni saqlaş kodeksiga tuzatişlar kiritiş talab etiladi. Bundan taşqari ekologik nazorat organlaridan ruxsat oliş kerak böladi.
Fransiya qonunçiligidagi özgarişlar past radioaktiv çiqindilarni ayrim hollarda qayta işlaş mumkinligini anglatadi
















