O‘zbekiston | 13:50 / 24.05.2024
2687
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkin

Germaniya haydovchilik, hamshiralik, sanoat va gastronomiya kabi sohalardagi 130 mingdan ortiq ishchi kuchini jalb qilmoqchi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkin

Bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, vazir Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada bo‘lib, 32 ta yirik ish beruvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vaqtincha xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Yevropaning rivojlangan davlatiga ishga yuborish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Germaniyada tashqi ishchi kuchiga ehtiyoj ortib borayotgani va hisob-kitoblarga ko‘ra yuk mashinasi haydovchisi, hamshiralik, mexatronika, sanoat, gastronomiya, yo‘l qurilishi kabi sohalarda 130 mingdan ortiq ishchi yetishmayotgani qayd etildi.

Mamlakat talabidan kelib chiqib fuqarolarga nemis tilini o‘rgatish uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunarga o‘qitishning nemis modelini joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi.

Mavzuga oid