17:55 / 26.05.2024
9031

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tarzda qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 21 may kuni Qoraqalpog‘iston IIV YHXB 2-mintaqa YPX inspektori To‘rtko‘l tumanida xizmat olib borayotib yo‘lda harakatlanayotgan Matiz shubhali ko‘ringani sababli to‘xtatgan va haydovchisidan hujjatlarini so‘ragan.

Shunda haydovchi “Sen nega mening oldimga chiqasan?” deb, uni qo‘llari bilan urib o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va 277-moddasining (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlangan.

Top