Norvegiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Qaror 28 may, seşanba kuni kuçga kirdi, deb tasdiqladi Oslodagi taşqi işlar vazirligi. Ikki kun avval Norvegiya taşqi işlar vaziri Espen Bart Eyde Bryusseldagi uçraşuvda Falastin milliy ma’muriyati boş vaziri Muhammad Mustafoga tasdiqlovçi hujjatni taqdim etgan edi. «Bu e’tirof bilan biz Oslo kelişuvlari (Isroil va Falastin örtasidagi) boşlagan jarayonga yangi dastur taqdim etmoqdamiz», dedi Eyde. Uning fikriça, agar boşqa davlatlar Norvegiyadan örnak olsa, bu qaror Yaqin Şarqdagi mojaroni «tinç yöl bilan hal etiş uçun katta turtki berişi» mumkin.

Madrid Şarqiy Quddusni Falastin poytaxti deb tan oldi 

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes 28 may, seşanba kuni uning mamlakati 1967 yil çegaralarida mustaqil Falastin davlatini va poytaxti Şarqiy Quddusni tan olişini ma’lum qildi. Siyosatçi bu qarorni tarixiy deb atadi va u «heç kimga qarşi qaratilmagani» hamda Madrid eng yaxşi munosabatlarni saqlab qoliş niyatida bölgan Ispaniya bilan döst bölgan «kamroq darajada Isroilga qarşi» ekanini ta’kidladi. 

Irlandiya ham Falastinni tan oliş niyatida

Bir neça kun avval Norvegiya va Ispaniya bilan bir vaqtda Falastinni tan oliş niyatini e’lon qilgan Irlandiya ham 28 may kuni mustaqil Falastin davlatini tan olişi töğrisida bayonot berişi kutilmoqda. 

Avvalroq Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore Falastin tan olinişini «isroilliklar va falastinliklar uçun siyosiy yeçim taklif qiladigan yagona muqobil variant» deb atadi. «Falastin xalqi öz taqdirini özi belgilaş huquqiga ega, ham isroilliklar, ham falastinliklar öz davlatlarida tinçlikda yaşaş huquqiga ega», - dedi Styore. 

Isroil Oslo va Dublin pozitsiyasiga qarşi

Isroil Falastin tan olinişiga mutlaqo qarşi. Yaqinda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan Falastin ma’muriyati suveren davlat böliş uçun zarur bölgan mezonlarga javob bermasligini bildirib ötdi.

Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats 22 may kuni öz mamlakatining Irlandiya va Norvegiyadagi elçilarini zudlik bilan maslahatlaşuvlar ötkaziş uçun çaqirib oldi. «Men Irlandiya va Norvegiyaga aniq va ravşan xabar yuboraman: boşqalar uning suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazar ekan, Isroil jim turmaydi», - dedi u.